“Xavfsiz va sog‘lom dargoh” — davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Xavfsiz va sog‘lom dargoh” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Sh.B.Buxorov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.Siddikov, Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.V.Mirzayev, Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘limi boshlig‘i, mayor D.T.Tursunov hamda institut profilaktika inspektori A.N.Jumanov ishtirok etdilar.
Mutaxassislar yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalishi, turli yot g‘oyalar va vasvasalarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, har bir jinoiy qilmishga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari tushuntirildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.