Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilish avvalida Women in stem xalqaro forumida faol ishtirok bir guruh talaba-qizlar Global Women's Breakfast sertifikati bilan taqdirlandilar
Yig'ilish avvalida shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichigacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan tayanch doktorantlar sertifikat bilan hamda "Bridge Hub" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan seminarni tashkil etishda faollik ko'rsatgani uchun bir guruh talabalar faxriy yorliq bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Shuningdek Davlat hamda nomdor stipendiyalar sohib va sohibalari Guvohnoma bilan, stipendiya tanlovishda ishtirok etgan faol talabalar esa sertifikat bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig'i Babaxanova Zebo Abdullaevna hamda «Biotexnologiya» kafedrasi professori Xo’jamshukurov Nortoji Abdixolikovichlar Hindiston Respublikasining Integral universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlari, 3 yil davomida hamkorlikni rivoklantirishga qo'shgan xissasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "International Conference on Trends and Innovations in Science & Engineering: Bridging the Industry-Academia Interface, TISECON 2025" xalqaro konferensiyasida faol ishtiroki tan olinib, Integral universiteti "Faxriy professori" unvoni taqdim etildi, institut professori Nurmuhammedov Xabibulla Sagdullayevich Urganch davlat universitetining faxriy professori unvoni bilan, Texnologik mashina va jihozlari kafedra mudiri Xakimova Gulnoza hamda Feruza Bekbayeva Rossiya uzluksiz kasbiy ta'lim institutining diplomi bilan taqdirlandi.
Shuningdek Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti kafedrasi o'qituvchisi Kasimova Fatima Tulkunovnaga Professor ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Institut kengash yig'ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotidagi nutqi hamda mas'ullarga belgilab bergan vazifalar, amalga oshirilayotgan islohotlar institut jamoasiga yetkazildi.
Jumladan yig'ilishda ta'kinlanganidek Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi”ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtirilishi belgilandi.
Ilgari oliy ta’limda bitta o‘rin uchun kamida 10 nafar bola kurash olib borar edi. Qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirilgani natijasida endi 42 foiz yoshlar qamrab olinmoqda. Xotin-qizlarga shartnoma to‘lovi davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga, ularning soni 11 karra ko‘paydi. O‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishayotgan o‘g‘il-qizlar safi tobora kengaymoqda. Birgina misol – hozirgi vaqtda dunyodagi nufuzli universitetlarda 1 ming 500 dan ziyod talabalarimiz tahsil olishi aytib o'tildi.
Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi. So‘nggi 3 yilda til o‘rganayotgan yoshlar soni 2 millionga yetgan bo‘lsa, “IELTS” imtihonidan yuqori ball olganlar 5 karra kupaygan. Birinchi hujjatga ko‘ra, Yoshlar agentligi huzurida jamg‘arma tuzilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi. Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investisiya kiritilishi ta'kidlandi.
Ikkinchi qaror bilan, oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar yo‘naltirilib, ularning tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha bank xizmatlari joriy etilishi aytib o'tildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuzilishi ta'kidlandi. Bu esa institutimiz jamoasiga hamda professor-o'qituvchilarga yetuk kadrlar yetishtirib chiqarish borasida ulkan mas'uliyat yuklaydi.
Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Jumladan Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomini ta’minlash va tahlil bo‘limi boshlig‘i X.Berdiyev "Institutda Ijro intizomining holati – O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirlik buyruqlari va topshiriqlarining edo.ijro.uz platformasi orqali 2025-yil yanvar-fevral oylarida hujjatlarining rahbarlar, bo‘lim mas’ullari tomonidan bajarilishi to‘g‘risida"gi ma'ruzasi bilan, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.Yusupova Neft va gaz texnologiyalari fakulteti kafedralaridagi ilmiy-tadqiqot ishlar bo‘yicha hisobot ma'ruzasi bilan, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i T.To‘rayev Fakultetlarida ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashda xorij tajribalarining qo‘llanish samaradorligi tahlili Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2024-2025 o‘quv yili kuzgi sessiya natijalari va professor-o‘qituvchilarni faoliyatini tahlili to'g'risidagi ma'ruzalari tinglanib muhokama etildi