Germaniyaning Deuthsche Gesellsshaft fur Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH tashkiloti bilan 2022-yil 28-iyun kuni imzolangan Anglashuv Memorandumida ko‘zda tutilgan vazifalardan kelib chiqib “MEd – professional ta’lim magistri” aralash ta’lim shakli o’quv dasturini ishlab chiqish doirasida 2024-yil 8-13 yanvar kunlari ICON instituti tomonidan xorijiy ekspert Frenk Noyman va Pedro Martins tomonidan o’tkazilayotgan o'quv seminari bo’lib o’tdi.
Ushbu o'quv seminarida Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qirg'iziston davlat texnika universiteti, Qirg'iziston milliy agrar universiteti faol ishtirok etdilar.
Jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan Aripova G.Sh. va Xabibullayev R, Boboyev A.Rejabov S, Tadjibayeva M, Kozimjonova A. lar faol qatnashib, xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo’ldilar.
Ushu loyiha doirasida raqamli kontentlarni ishlab chiqish uchun tanlov e'lon qilinadi.
Murojaat uchun: Telegram (@abrorjon83)
Qabul:29-fevralgacha