«Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» — targ‘ibot tadbirlari doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Mamlakatimizda «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida TKTI talabalari o‘rtasida qizg‘in sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirda TKTI rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Sh.Aripova, institut psixologi S.T.Mirzayeva, fakultet dekan maslahatchilari hamda “Qizlarjon” klubi kordinatorlari faol ishtirok etishdi.
Musobaqalar talaba yoshlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va targ‘ibot mavzusining mohiyatini yanada chuqur anglatish maqsadida o‘tkazildi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
Eng yaxshi tennischi — Raxmonova Ismigul, KIF 25-01 guruh
Eng yaxshi shaxmatchi — Rustamova Sevinch, KIF 24-02 guruh
Eng yaxshi shashkachi — Abduvaitova Muxlisa, OOVTF 25-45 guruh
Bundan tashqari, valeybol, arqon tortish, yugurish kabi sport turlari bo‘yicha ham talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, faol ishtirok ko‘rsatishdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash, xususan raqamli zo‘ravonlik profilaktikasi bo‘yicha bunday tadbirlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.