Ijtimoiy tarmoqlar

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatiga o'rganildi

Oliy ta'lim, fan van innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 316-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalaridagi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raislari faoliyatni hamda ularga yaratilayotgan sharoitlarni o'rganish maqsadida joylarda ishchi guruhlar tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. 

Jumladan, joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Oliy ta'lim, fan van innovatsiyalar vazirligi mas'ul hodimi D.Solixo'jayeva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tahliliy o'rganishlar olib borildi.

Tashrif davomida xotin-qizlar faoliyati, muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirish yo'nalishlari muhokama qilindi. Undan tashqari universitetdagi Xotin-qizlar bilan muloqot olib borildi, o'zaro tajriba almashildi.

Ma'lumot uchun: ushbu ishchi guruhda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Gulnora Aripova ham bor edi.