Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan joriy yilning 1 mart kuni “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari himoyasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdilar. Seminardan maqsad Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining Xotin-qizlar komissisi faoliyatini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yangi Mehnat kodeksi hamda Xotin-qizlar uchun jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi raisi G.Aripova hamda institut kasaba uyushmasi xodimi R.Daniyarova ishtirok etib, Toshkent kimyo texnologiya institutida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va xomilador, yosh bolali talaba-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.