“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” targ‘ibot haftaligi
2025-yil 27-noyabr kuni Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetida mazkur mavzu bo‘yicha rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda talabalar raqamli makonda xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash, onlayn zo‘ravonlikka qarshi kurashish va axborot madaniyatini rivojlantirish kabi muhim g‘oyalarni ijodiy ishlari orqali ifodaladilar.
Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin: Nizomiva Gulmira (NGTF 24-41)
2-o‘rin:
• Dovranova Gulnoza (OOMT 23-46)
• Turdiyeva Marjona (KIF 23-03)
3-o‘rin:
• Ayozova Mashxura (KIF 23-03)
• Xamidova Sevara (KIF 23-03)
Eng sara rasm ishlari fakultetning rasmiy kanallari orqali keng jamoatchilikka namoyish etiladi va targ‘ibot haftaligi davomida e’tiborga loyiq ko‘rinish oladi.