“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” targ‘ibot haftaligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha BMT tashabbusi ostida «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» global kampaniyasi doirasida mamlakatimizda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida ham ushbu muhim tashabbus izchil qo‘llab-quvvatlanib, turli yo‘nalishlarda ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
26-noyabr kuni Sanoat muhandisligi va menejment fakultetida mazkur haftalik doirasida maxsus davra suhbatio‘tkazildi.
Tadbirda Shayxontohur tumani XPB ATSJOOB katta inspektorlari — katta leytenant Sh.I.Islomov, katta leytenant Sh.F.Damirova, katta leytenant M.M.Abduraximov, IIB Akademiyasi kursantlari R.S.Ro‘zmatova va D.X.Xakimova, TKTI rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Sh.Aripova, institut psixologi S.T.Mirzayeva, fakultet dekan o‘rinbosari M.Kenjayev, dekan maslahatchisi M.N.To‘xtasheva hamda fakultet tyuterlari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikning oldini olish, unga qarshi kurashish mexanizmlari, huquqiy mas’uliyatlar hamda yoshlarning raqamli makonda xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar barcha xotin-qizlar uchun xavfsiz, sog‘lom va teng imkoniyatlar yaratadigan raqamli muhitni shakllantirishda birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar uchun zo‘ravonlikka qarshi kurash mavzusida maxsus film namoyish etildi.