Ijtimoiy tarmoqlar

“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” targ‘ibot haftaligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

 “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” targ‘ibot haftaligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha BMT tashabbusi ostida «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» global kampaniyasi doirasida mamlakatimizda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ham ushbu muhim tashabbus izchil qo‘llab-quvvatlanib, turli yo‘nalishlarda ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

28-noyabr kuni Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida mazkur haftalik doirasida maxsus davra suhbati o’tkazildi. 

Tadbirda TKTI rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Sh.Aripova, Shayxontohur tumani O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Nazarov Davlat Qaxramanovich, TKTI profilaktika katta inspektori podpolkovnik Jumanov Aziz Nizomovich, YOBIB dekan yordamchisi B.Sh.Poyonov, XQM bo’yicha dekan maslahatchisi M.I.Aliyeva, hamda fakultet tyuterlari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikning oldini olish, unga qarshi kurashish mexanizmlari, huquqiy mas’uliyatlar hamda yoshlarning raqamli makonda xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

Ishtirokchilar barcha xotin-qizlar uchun xavfsiz, sog‘lom va teng imkoniyatlar yaratadigan raqamli muhitni shakllantirishda birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar uchun zo‘ravonlikka qarshi kurash mavzusida maxsus film namoyish etildi.