“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik”, "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” global kampaniyasi doirasida katta ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgan talaba-qizlar taqdirlandi.
Tadbirni institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich ochib berib, mazkur tashabbus xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqamli makonda ularga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish va talabalarda raqamli madaniyatni shakllantirishga qaratilganligi, institutda ushbu yo‘nalishda qator faol va mazmunli ishlar amalga oshirilganligi ta'kidladi, shuningdek, jamiyatda sog‘lom kommunikatsiya madaniyatini rivojlantirish borasida dolzarb fikrlar bildirildi. Ishtirokchilarga raqamli zo‘ravonlikning turlari, uning oqibatlari va ularga qarshi kurashish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Xotin qizlar bo'yicha rektor maslaxatchisi G.Sh.Aripova uchrashuv davomida raqamli xavfsizlik, onlayn muhitda xotin-qizlarni kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish bo'yicha ma'lumot berdi.
16 kunlik faollik doirasida o‘tkazilgan quyidagi tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan talaba-qizlar institut rektori tomonidan munosib taqdirlandi:
Insholar tanlovi
Esse tanlovi
Rasm chizish tanlovi
Sport musobaqalari (voleybol, stol tennisi, shaxmat va boshqalar)
Videoroliklar tanlovi
Tanlov g‘oliblari, faol ishtirokchilar, o‘zlarining tashabbuslari va ijodkorligi bilan ajralib turgan talaba-qizlar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir xotin-qizlar o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va xavfsiz raqamli makon yaratishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘lib, ushbu shior ostida nafaqat 16 kun balkim xar kuni xammani sergaklikka chaqiradi.