Ijtimoiy tarmoqlar

“Xotira va Qadrlash” kuni munosabati bilan ustozlar holidan xabar olindi

 “Xotira va Qadrlash” kuni munosabati bilan ustozlar holidan xabar olindi

2025-yil 9-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Muhandislik asoslari va mexanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida quyidagi ustozlar holidan xabar olindi: Musaboyev Botir Abdumajidovich, Nurillayeva Muyassar Tursunmetovna, Gulyamova Nodira Umarovna

Ustozlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning holidan xabar olindi, duolari olindi. Bunday tashriflar yosh avlodni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalashda, ularning xizmatlarini qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.