“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” targ‘ibot haftaligi doirasida insho va esse tanlovi
2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha o‘tkaziladigan respublika targ‘ibot haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida insho va esse tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari ulardan himoyalanish” mavzusida insho va esselar yozishdi.
Tadbir davomida raqamli makonda xavfsizlik, zo‘ravonlikning oldini olish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha foydali maslahatlar berildi.
Natijalar 28-noyabr, juma kuni e’lon qilinadi.
Barcha faol va ijodkor talabalarni natijalarni kutishga va kelgusidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!