Ijtimoiy tarmoqlar

Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari yakunlandi

 Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari yakunlandi

Ushbu seminar-trening ayollarni zamonaviy tahdidlardan himoya qilish, ularning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ushbu tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Gulnora Aripova ham ishtirok etdi. 

Seminar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Ayniqsa, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm, axborot xurujlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan muhokamalar va tajriba almashinuvi ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.