2025-yilning 26-fevral sanasida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri Korxona rahbarlari forumi va mahsulotlar(brend) yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Yarmarkada korxonalar o'zlarining mahsulotlari bilan, fakultet kafedralari esa ilmiy ishlanmalar hamda kompozitlar bilan ishtirok etdilar.
Ushbu forumda 20 dan ortiq kompaniya va korxonalarning vakillari ishtirok etib Ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik masalalari muhokamasi, professor-o‘qituvchilari stajirovkalari va talabalar amaliyotlarini tashkil etish masalalari, Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokamasi, professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari innovasion ishlanmalarini tijoratlashtirishda hamkorlik, xo‘jalik shartnomalari tuzish hamda yangi hamkorlik shartnomalari va memorandum imzolash ko'zda tutilgan.
Forumni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi.
"Talabalar nazariy bilimlarni olish bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlarda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari qo'liga diplom olib, oliygohni tamomlaguniga qadar tayyor mutaxassis kadr bo'lib yetishishlariga xizmat qiladi. Bu borada korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimiz, «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri tamoyili asosida talabalar uchun oliygoh va korxona o'rtasida ko'prik barpo etishimiz kerak dedi rektor B.Sh.Usmonov.
Ta'kidlash joizki «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri korxona rahbarlari forumini o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20-oktyabrdagi 841-sonli «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son «O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2024 yil 20-iyundagi videoselektr yig‘ilishining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, Respublikamizda 2025 yil – 2025 yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ga bag‘ishlangan tadbirlarni keng nishonlash, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish hamda kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasidagi tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.
Shundan so'ng Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani Baltabayev Ulug‘bek Norboyevich fakultet haqida mavjud kafedra mudirlari esa, o‘quv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar faoliyat haqidama'lumotlar berib o'tdi.
Jumladan Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.Boboyev, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.Normatov, Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi mudiri E.Sanayev, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.Ro’ziboyevlar, o‘quv, ilmiy, ma’naviy, xalqaro aloqalar faoliyat haqidama'lumotlar berib o'tdi.
Forum davomida tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari o'zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etib, talab va takliflarini bayon etdilar.
Bugungi forumda “O‘zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasi”; «Toshkentvino kombinati» AJ; «O‘zbekiston Shampani» AJ; «Yangiyul Biokimyo» AJ; «Inter Roxat» QK; «International beverages Tashkent»» MChJ; ZUMA-PHARMA MChJ; «RADIKS» МЧЖ; «Jurabek LTD korxonasi; «Dentafell plyus» AJ; Nobel farm MChJ; PROMEAT GROUP MCHJ; OOO”BEST TESTES TEXNOLOGY”; “Vetrinariya dori vositalati,ozuqabop qo’shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo’yicha davlat ulmiy markasi”sinov labaratoriyasi; Ruzmetov MChJ; N’MEDOV MChJ; “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi; “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ; “Sardoba oil group” MChJ; “Mill Max Group” MChJ; “Safiya qandolat” MChJ; “Vazira Biznes”MCHJHK; “Leys” MChJ; O'zbekiston Standartlar instituti rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishdi
Forum davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda "Zuma Pharma" MCHJ korxonasi o'rtasida kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to'g'risida anglashuv memorandumi imzolandi
Tashrif buyurgan korxona rahbarlari hamda vakillari Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida mavjud kafedralarning o'quv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, "Mo'tabar" un ishlab chiqarish korxonasi ko'magida tashkil etilgan texnoparki hamda institut Registrator ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.