Yakuniy nazorat haftasi oldidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta’lim sifatini oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda talabalar bilimini baholashda ochiq-oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Institut rektorining 2025-yil 15-dekabrdagi 458-sonli buyrug‘i asosida shakllantirilgan Ishchi guruhi tomonidan “Toshkent kimyo-texnologiya institutida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari” yuzasidan, yakuniy nazorat haftasi boshlanishi oldidan 2026-yil 10-yanvar kuni dastlabki yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida:
— yakuniy nazoratlarni tashkil etish mexanizmlari;
— baholash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash;
— mas’ul shaxslarning vazifalari;
— mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Natijada yakuniy nazorat jarayonlarini belgilangan tartibda, adolatli va shaffof o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.