Ijtimoiy tarmoqlar

Yakuniy nazorat haftasi davom etmoqda

 Yakuniy nazorat haftasi davom etmoqda

Bugun, 2026-yil 13-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2-kurs talabalari 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri fanlari bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarini topshirdilar.

Talabalar quyidagi fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar:

Oliy matematika 3;

Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari 1;

Tabiiy birikmalar asosida dori vositalar yaratish 1;

Mikrobiologiya;

Elektrotexnika va raqamlashtirish asoslari 1;

O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari;

Kompyuter tarmoqlari;

Dehqonchilik va melioratsiya 1.

Yakuniy nazorat imtihonlari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov raisligida Ta’lim sifati nazorati bo‘limi, Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh tomonidan mutlaqo shaffof va adolatli tarzda tashkil etildi.