Kuni kecha Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan ekologlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Ekologicheskaya partiya Markaziy Kengashi a’zolari, Toshkent shahar partiya tashkiloti vakillari, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbariati hamda xodimlari, partiya «Yoshlar qanoti» a’zolariil ishtirok.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zolari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektori Xayrulla Pulatov va institutning Sanoat ekologiya kafedrasi mudiri Farrux Igitovlar so‘zga chiqishib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizini tashkil etuvchi “Inson qadri uchun” g‘oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson-jamiyat- davlat” degan yondashuv yangilanayotgan Konstitusiyamizning mazmuniga chuqur singdirilganligini, hamda Konstitusiyaviy qonun loyihasida kiritilayotgan normalarning salmoqli qismi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga taalluqli bo‘lib, inson qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi oliy darajada o‘z ifodasini topayotganligini alohida ta’kidlashdi.
Shu jumladan, ekologik huquqlar ham loyihaning 9-bobiga kiritilayotganini,tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani, ekologik xavfsizlikni g‘oyat dolzarb masalaga aylangani sababli ekologik masalalarni Asosiy qonunimizda o‘z aksini topayotganini e’tirof etishdi.
Xususan, angilanayotgan Konstitusiyamizning 49-moddadda Orolbo‘yi mintaqasiningekologiya tizimini muhofaza qilish va tiklash, uni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan choralar ko‘rilishi mustahkamlanmoda.
orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan globalekologiyak muammo mintaqa aholisining hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, O‘zbekiston Orol muammosi oqibatlarini bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, 2018-yildan shu kunga qadar Orol dengizi tubining 1,8 mln gektarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Orol va Orolbo‘yidagi murakkab ekologik vaziyat, aholi genofondini muhofaza qilish, salomatligini yaxshilash hamda ushbu hududda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirmoqda.
Konstitusiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratilishini va turmush darajasini jiddiy tarzda yaxshilanishini ta’minlaydi, barcha kasb egalari, birinchi navbatda ijtimoiy soha vakillari uchun qo‘shimcha imtiyozlar paketi qo‘llaniladi hamda tadbirkorlik tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan turli loyihalarda faol qatnashish imkoniati paydo bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur norma aholimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi yashashi va rivojlanishi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlashning konstitusiyaviy kafolatlarini yaratadi.
Shu bilan birga, har kim sog‘lom va qulay atrof muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo‘lishi bo‘yicha kiritilayotgan normalar atrof muhitga ta’siri kuchli bo‘lgan sub’yektlarning hamda mansabdor shaxslarning tabiat himoyasi uchun mas’uliyatini keskin oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimizning nurli istiqboli, barqaror iqtisodiy taraqqiyotimiz, el baxti va farovonligi kafolati bo‘lgan tarixiy hujjatga befarq bo‘lmasdan, barcha ekologlarni 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.