“Yangi nafas” ligasi musobaqasiga start berildi!
Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Yangi nafas” ligasi doirasidagi mini futbol musobaqasining ilk bahslari bo‘lib o‘tdi. Talaba jamoalari birinchi turda maydonga tushib, g‘alaba uchun keskin kurash olib bordilar.
Bugungi natijalar:
Dinamo – Shuturm → 2:3
Energetika – Black Bulls → 3:2
Manfaat-Legion -> 5:4
Sensatsiya – 22-24 → 0:2
Dream – 25-16 → 3:2
Uchrashuvlar talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqaning keyingi bosqichlarida yanada qizg‘in va murosasiz bahslar kutilmoqda.