Ijtimoiy tarmoqlar

“Yangi nafas” ligasi — final bosqichi yakunlandi!

“Yangi nafas” ligasi — final bosqichi yakunlandi!

Neft va gaz texnologiyalari fakultetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida mini-futbol bo‘yicha “Yangi nafas” ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Sentyabr–oktyabr oylarida davom etgan musobaqalarda jami 24 ta jamoa ishtirok etib, 168 nafar talaba maydonga tushdi. Ular nafaqat futbol mahoratini, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat kabi qadriyatlarni ham namoyon etishdi.