Mamlakatimiz miqyosida yashil bog‘lar va daraxtzorlarni ko‘paytirish maqsadida joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar Toshkent kimyo-texnologiya institutida bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.


Joriy yilning mart oyida institut va unga yaqin hududlarda jami 700 dan ortiq mevali va manzari daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bugun 29-mart kuni esa Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan institut tasarrufidagi 13,7 gektar yer maydonida tashkil etilgan o‘quv-tajriba xo‘jaligida ham turli navli 1000 tup uzum ko‘chatlari ekildi.

Mazkur o‘quv-tajriba xo‘jaligida institutning tegishli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar amaliyot o‘taydilar hamda professor-o‘qituvchilar muayyan ilmiy izlanishlarni olib boradilar.

