Ijtimoiy tarmoqlar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Nukus shahrida Umumrespublika marafoniga start berildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining 200 nafardan ortiq jamoasi (shu jumladan prorektorlar, dekanlar, bo‘linmalar rahbarlari, har bir fakultetdan ko‘ngilli vakillar va talabalar hamda boshqa mutasaddilar) asosiy bino hovlisidan ZOOM orqali ishtirok etdi va start berilgandan so‘ng daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi. Unda Yanshnobod tumani kengashi deputati X.L.Pulatov hamda Shayxontohur tumani kengashi deputati B.N.Boborajabovlar ham ishtirok etishdi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning kuz mavsumida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududi va institutning Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan o‘quv-tajriba maydonida jami 2000 dan ortiq, shu jumladan 365 tup olma, 970 tup behi, 665 tup olxo‘ri va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida ham Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi jamoa va talabalar daraxt ekish marafonida faol ishtirok etdilar.