"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Jizzax shahrida Umumrespublika marafoniga start berildi.
2025-yilning 15-mart kuni Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi..!” shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish uchun ko‘chat ekish Umumrespublika marafoniga start berildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining 200 nafardan ortiq jamoasi (shu jumladan prorektorlar, dekanlar, bo‘linmalar rahbarlari, har bir fakultetdan ko‘ngilli vakillar va talabalar hamda boshqa mutasaddilar) asosiy bino hovlisidan ZOOM orqali ishtirok etdi va start berilgandan so‘ng daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi. Unda Yashnobod tumani kengashi deputati X.L.Pulatov hamda Shayxontohur tumani kengashi deputati B.N.Boborajabovlar ham ishtirok etishdi.
Jizzax politexnika instituti hududidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi jamoa va talabalar daraxt ekish marafonida faol ishtirok etishdi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida jami 500 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida jami 500 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.