Ijtimoiy tarmoqlar

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchixonasida Erasmus+ dasturi bitiruvchilari uchun uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

27-iyun kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchixonasida Erasmus+ dasturi bitiruvchilari uchun uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toivo Klaar mezbonligida tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari, xususan Ecampuz loyihasi ishtirokchilari ham faol qatnashdilar.

Erasmus+ dasturlari orqali yoshlarimiz nafaqat bilim, balki xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar.

Institutimiz Yevropa Ittifoqi bilan xalqaro ta’lim hamkorligini yanada rivojlantirishda davom etadi.