Ijtimoiy tarmoqlar

Yildiz texnika universiteti professori Toshkent kimyo-texnologiya institutining faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi

Yildiz texnika universiteti professori Toshkent kimyo-texnologiya institutining faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Turkiyaning Yildiz Texnika Universiteti professori Muhammet ARICI tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich hamda institut vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot ishlari, akademik almashinuv dasturlari va o‘quv jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Shundan so‘ng, professor Muhammet ARICIga Toshkent kimyo-texnologiya institutining faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Faxriy unvonni topshirar ekan, rektor professor Usmonov Botir Shukurillayevich Muhammet Aricining xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faol ishtirokini alohida e’tirof etdi.

Mazkur marosim Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Yildiz Texnika Universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.