Ijtimoiy tarmoqlar

Tojikiston Respublikasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining fakulteti filialini tashkil etish rejalashtirmoqda.

  Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining 2025-yil 19-fevraldagi 2/15-sonli buyrug‘i asosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori T.T.Safarov va Korxonalar va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i A.N.Shernayev 2025-yilning 24-25-fevral kunlari Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatidagi So‘g‘d EIZda tashkil etilgan Tojikiston Ishlab chiqarish va servis xususiy institutida xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safaridan asosiy ko‘zlangan maqsad Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakultetining filialini Tojikiston Ishlab chiqarish va servis instituti bilan hamkorlikda tashkil etish.

So‘g‘d viloyatining Xo‘jand va Asht tumanilarida asosan o‘zbek millatiga mansub aholi yashashini inobatgan olgan holda ushbu ikki tumanda TKTI Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti filialini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ushbu hududda erkin iqtisodiy zonada 10 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda, ularga esa zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yoshlar juda zarur. Safarning birinchi kuni hamkor institut o‘quv ilmiy laboratoriyalari bilan tanishildi va fakulteti filialini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar tayyorlandi va ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tanlab olish bo‘yicha muhokama qilindi.

⏩ Biotexnologiya;

⏩ Oziq-ovqat xavfsizligi;

⏩Oziq-ovqat texnologiyasi;

⏩ Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti;

⏩ Kimyo;

⏩ Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari. 

Magistratura bo‘yicha esa:

⏩ Korxonalar marketingi;

⏩ Biotexnologiya;

⏩ Oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga kelishib olindi.

Safarning 2-kuni Asht viloyatiga borildi va Asht tumani hokimlik vakillari hamda maktab direktorlari kengashida qatnashildi. Insititutimiz salohiyati, o‘quv-ilmiy imkoniyati va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qilindi hamda fakultet filialini tashkil etish bo‘yicha kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari talabnomasi, yo‘nalishlar o‘quv rejalari, shartnoma, bino ajratish va jihozlash, moddiy texnik bazani shakllantirish va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga murojaat xati jo‘natish kabi tashkiliy masalalar muhokama qilindi.