Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi
Joriy yilning 17-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida talabalar bilan ularning yashash sharoitlari, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish va mavjud muammolar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda taklif va fikrlarini bildirishdi.
Rektor B.Sh.Usmonov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, mavjud masalalarga yechim topish yuzasidan tegishli bo‘lim va mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Tashrif davomida turar joy binolarining sanitariya-gigiyena holati, isitish va sovutish tizimlari, xavfsizlik choralari, kutubxona va o‘quv xonalari, shuningdek, sport va dam olish maskanlari bilan tanishildi hamda yotoqxona xonalariga kirib, talabalar bilan suhbatlashildi, ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflarini tinglandi.
Mazkur uchrashuv institutda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning faolligini oshirish va o‘zaro ochiq muloqot muhitini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.