Ijtimoiy tarmoqlar

"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida maxsus o'quv mashg'uloti o'tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda e’lon qilingan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan 28-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.  

Mazkur tadbirda Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi 14-son Yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi, mayor Sh.Sh. Shonazarov va boʻlim inspektori, katta leytenant X.S. Saidaliyev tomonidan talabalarga yongʻin xavfsizligi boʻyicha muhim tavsiyalar berildi. Tadbirda Mehnat muhofazasi bo'lim boshlig’i v.v.b R.G.Azizov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.T.Siddiqov tyutorlar, talaba-yoshlar hamda boshqa masʼul shaxslar faol ishtirok etdi.  

Uchrashuv davomida mutaxassislar yongʻinlarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish usullari, yongʻin paytida xavfsiz harakatlanish qoidalari, shuningdek, yongʻinlarni bartaraf etish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish masalalariga batafsil toʻxtalib oʻtdi. Davlat organlari, jamoatchilik va aholi oʻrtasida yongʻin profilaktikasi boʻyicha samarali hamkorlikni taʼminlashning ahamiyati taʼkidlandi.  

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga yongʻin-qutqaruv mashinalari imkoniyatlari, zamonaviy yongʻin oʻchirish vositalari va ularning ishlash tartibi amalda namoyish etildi. Maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti vaqtida shartli yongʻin sahnalashtirilib, birlamchi yongʻinni oʻchirish boʻyicha harakatlar amalda koʻrsatildi.  

Tadbir yongʻin xavfsizligi madaniyatini oshirish, aholining ogohligini mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.