“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent kimyo texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi hamda yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida reja asosida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy bo‘linma vakillari tomonidan:
gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish;
gaz qurilmalarining soz holatini ta’minlash;
shamollatish tizimlaridan samarali foydalanish;
nosoz va o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan gaz uskunalaridan foydalanmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi chaqnashining asosiy sabablari, ularning og‘ir oqibatlari, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda tezkor xizmatlarga murojaat etish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.
Tadbir yakunida is gazining xavfliligi, undan zaharlanish sabablari va oldini olish choralari aks etgan maxsus videorolik namoyish etildi.
Xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!