Bizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangicha mexanizmi yaratilgan bo‘lib, ular bilan shaxsan ishlash bo'yicha tegishli ko'rsatmalar yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutiga biriktirilgan mahallalardagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha sayyor o‘rganishlar davom etmoqda.
Kuni kecha Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori tomonidan Toshkent shahar Shayhontoxur tumanida joylashgan Chaqar mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar holidan xabar olindi. Ularga birlamchi yordam va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.