Ijtimoiy tarmoqlar

Yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Sport — salomatlik garovi!” shiori ostida  futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Talabalar o‘yin davomida jamoaviy ruh, sport madaniyati, iroda va qat’iyat kabi muhim fazilatlarni namoyon etishdi.

Musobaqa jarayoni hayajonli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Jamoalar g‘alaba uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etdi, ammo sportga xos do‘stona raqobat tamoyili musobaqaning bosh mezoniga aylandi.