Ijtimoiy tarmoqlar

Yoshlar uchun kimyoviy reaksiyalar namoyishi bo‘yicha amaliy to‘garakning navbatdagi dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarning fanlarga, xususan tabiiy fanlar va texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida kimyoviy reaksiyalar asosidagi amaliy mashg‘ulotlardan iboratto‘garakning navbatdagi dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Mazkur to‘garak davomida ishtirokchilarga qiziqarli va xavfsiz kimyoviy tajribalar namoyish etildi. O‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari kimyo fanining amaliy hayotdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishishdi. To‘garak mashg‘ulotlari yoshlarning kuzatuvchanligi, tahlil qilish qobiliyati va ilmga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar yosh avlodni ilm-fan sari yo‘naltirishda muhim o‘rin tutadi.