Ijtimoiy tarmoqlar

Yog‘ taqlidchilari va ularning qo‘llanilishi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Yog‘ taqlidchilari va ularning qo‘llanilishi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Toshkent Kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti t.f.d.(DSc) Sh.D.Salijonova tomonidan “Yog‘ taqlidchilari va ularning qo‘llanilishi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars davomida talabalarga:

Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari xomashyolari;

Emulsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari;

Iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan zamonaviy texnologiyalar amaliy jihatlari tushuntirildi.

Dars interfaol metodlar va tarqatma materiallar asosida tashkil etildi va kafedra ekspertlari tomonidan yuqori baholandi.

Ochiq darsda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i – prof. A.I.Xudoyberdiyeva, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi – A.U.Tuxtamushova, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri – prof. A.T.Ruzibayev, Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi dotsenti – B.N.Xamidov, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professori – R.A.Akramova, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi v.b. dotsenti – Sh.S.Gaipova ekspert sifatida qatnashdilar