2025-yilning 24-fevral sanasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qaroriga binoan Respublika Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Fan va texnologiyalar universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoalari 3 ta asosiy shart bo‘yicha bellashib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz, shuningdek, jadidlarimizning xalq ma’naviyati yo‘lida ko‘rsatgan fidokorliklari aks etgan sahnalar namoyish etildi.
1-shart bo'yicha Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar - O‘zbek millatiga xos bo'lgan milliy qadriyatlarimizga mansub qadimgi urf-odatlarga asoslangan teatralni kompozitsiyalar namoyish etildi.
Ushbu shartda Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi "Yo'l bo'lsin" nomli badiiy kompozitsiyani namoyish etib, hakamlar ha'ati tomonidan yuqori baholandi.
2-shart bo'yicha “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” - ishtirok etayotgan jamoaning o‘z hududiga mos bir nechta milliy raqs va kuy qo‘shiq, musiqiy bezaklarga ega bo'lgan kompozitsion jamoaviy sahna chiqishlari namoyish etildi.
Ushbu shartda Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi turli milliy kuy qo'shiqlar, xalq qo'shiqlari va laparlarni namoyish etib, maksimal 50 ballni qo'lga kiritdi.
3-shart — “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” - Ushbu shart savol-javob sharti bo‘lib Jadidlar hayoti va ijodidan jamoalarga bir vaqtning o‘zida 10 ta savol berildi.
Ushbu shartda ham Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi ko'plab savollarga to'g'ri javoblar berib, qolgan jamolarga nisbatan ko'proq ballni qo'lga kiritdi.
“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqich yakuniy natijalariga ko'ra Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi 3ta shart bo'yicha 4ta oliygoh bilan bellashib umumiy hisobda 99 ball bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi hamda tanlovning mintaqaviy bosqichiga ya'ni yarim finalga yo'l oldi.
"Kimyogar" jamoasini g'alaba bilan muborakbod etib, mintaqa hamda respublika bosqichida ham birinchi o'rinni qo'lga kiritishlarini tilab qolamiz.