Ijtimoiy tarmoqlar

ZAKOVATDA KUCH!

ZAKOVATDA KUCH! 

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Zakovat Quiz” intellektual bellashuvi institutimizda yuqori saviyada o‘tkazildi!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 6-dekabr kuni institutimizda “Zakovat Quiz” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Bellashuv Kimyoviy injiniring fakulteti faollar zalida rasmiy va ilmiy ruhda, yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi. 

Tadbirda nafaqat institutimiz jamoalari, balki boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etib, musobaqaga yanada raqobatbardoshlik va mazmun bag‘ishladi.

Ishtirok etgan jamoalar:

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Nordic Stars (NIU)

GOODFELLES (JIDU)

Irrigatsiya MTU

Commando (TDTrU)

Humo

0-modda (TKTI)

Tashkent International University

Millat Umidi Universiteti

Imperiya (TKTI)

Logic Master (TKTI)

Tadbir davomida ishtirokchilar bilim, mantiq, va jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. O‘yin yuqori faollik, tartib-intizom va intellektual yondashuv bilan ajralib turdi.

Musobaqa 9 ta professional rounddan iborat bo‘ldi

Roundlar mazmuni:

1–3-roundlar — umumiy bilim, mantiq va tezkor javoblar

4–6-roundlar — tahliliy fikrlash

7–9-roundlar — super-mantiq, ijodiy yondashuv va jamoaviy muhokamalar

Har bir bosqichda jamoalar tezkor fikrlash, aniq strategiya va kuchli hamkorlik orqali o‘z mavqelarini mustahkamlashga harakat qildi. 

O‘yin davomida talabalar o‘z bilimlarini boyitdi, fikrlash tezligini oshirdi va intellektual muhitdan katta zavq oldi.

 TAQDIRLASH MAROSIMI

Ishtirok etgan har bir jamoa tashakkurnoma bilan taqdirlandi!

“Zakovat Quiz” yakunida barcha universitetlar jamoalari tadbirdagi faol ishtiroki uchun rasmiy tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

Bu e’tirof:

— intellektual faollik

— bilimga bo‘lgan qiziqish

— jamoaviy ishlash madaniyati

Tashakkurnoma nafaqat esdalik, balki talabalar uchun kelgusi tanlov va loyihalarda yanada yuqori natijalar ko‘rsatishga motivatsiya bo‘ldi.

Tadbir yakunida barcha jamoalarning fikr-mulohazalari tinglanib, kelajakdagi o‘yinlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar qayd etildi.

9 roundlik qizg‘in intellektual bellashuv natijasida eng yuqori ball to‘plagan jamoalar quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin — Nordic Stars (NIU)

Kubok, diplom, esdalik sovg’alari va vaucher bilan taqdirlandi.

2-o‘rin — O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti jamoasi

Diplom, esdalik sovg’alari va vaucher bilan taqdirlandi.

3-o‘rin — GOODFELLAS (JIDU)

Diplom, esdalik sovg’asi va vaucher bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoalar bilim, strategik yondashuv va jamoaviy uyg‘unlik orqali yuqori natijalarga erishdi, ularning muvaffaqiyati institutimizning intellektual salohiyatini yana bir bor tasdiqladi. 

Kelgusi Zakovat uchrashuvlarida barcha jamoalarni yana ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!