Ijtimoiy tarmoqlar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Adiblar xiyobonida" ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Bahodir Boborajabov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.



Shuningdek Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi. 



Tadbir avvalida Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi ma'sul xodimi, Mirzo Ulug'bek tumani ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi, shoir Nasriddin Botirov so‘zga chiqib, Jonajon Vatanimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichiga — Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda Bobur Mirzoning bebaho merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.



Shuningdek, talabalar sahnada Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini jonlantirib, uning ijodiga tegishli bo‘lgan betakror g‘azal va ruboiylari hamda insonni komillikka yetaklovchi asarlaridan namunalar o'qishdi.