Ijtimoiy tarmoqlar

“Study in Uzbekistan”: Buxoroda xalqaro taʼlim boʻyicha yirik seminar oʻtkazildi

“Study in Uzbekistan”: Buxoroda xalqaro taʼlim boʻyicha yirik seminar oʻtkazildi

18-aprel kuni Buxoro shahridagi Wyndham Bukhara Hotel mehmonxonasida “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi boʻyicha amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Osiyo xalqaro universiteti hamkorligida oʻtkazildi.

Seminarda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari va boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislari qatori Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, Matbuot kotibi - Egamnazar Abdulboqiyev hamda Xalqaro reyting, akkreditatsiya va transformatsiya bo'limi boshlig'i Shoxzod Sheraliyevlar ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boshligʻi Abduvali Xoliqov ochib berdi. Shuningdek, Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi direktor oʻrinbosari Muzaffar Esanov “Study in Uzbekistan” tizimi imkoniyatlari yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.