Ijtimoiy tarmoqlar

Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q! – Biz birgamiz, biz kuchmiz!

 Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q! – Biz birgamiz, biz kuchmiz!

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Gulnora Aripova, dekan maslahatchilari hamda “Qizlarjon” klubi koordinatori ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutning Shayxontohur tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyoda Tohirova ochib berib, mavzuning dolzarbligi va yoshlar uchun ahamiyatini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Shayxontohur tuman 1-sonli FHDYO bo‘limi mutaxassisi Gulbaxor Kulmatova so‘zga chiqib, oilaviy munosabatlarda uchraydigan muammolar, zo‘ravonlikning turlari va ularga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikdagi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berdi.

Shu munosabat bilan, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro aksiyasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari yoritildi.

Tadbirda, shuningdek, Toshkent Kimyo-Texnologiya institutida xotin-qizlar rektor maslahatchisi Aripova Gulnora so’zga chiqib, mavzuga oid o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, raqamli zo‘ravonlik, ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik qoidalari va muammoli vaziyatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan tashkilotlar haqida amaliy ma’lumotlar berildi.