Shu yillning 24 – noyabir kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarining bandiligini taminlash va talablar amliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida "ZUMA Pharm" MCHJ farmasevtika kompaniyasi taklifiga binoan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor Shernayev Anvar Normamatovich, Biotexnologiya kafedra mudiri Normatov Anvar Mirzayevich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i Mirkomilov Abdurahmon Mirabbosovich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassisi Alimjonov Ma‘murjon Murodjonovich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mavlonov Uchqunbek Rovshanbekovich boshchiligida Biyotexnologiya va Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘nalishlaridagi 18 nafar talabalar bilan birgalikda korxonaga tashrif buyurildi.
Tashrifa davomida korxonaning mutassadi xodimlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Korxona xozirgi kundagi eng yuqori texnologiyalar bilan ta’minlanagan bo‘lib xalqaro standartlarga javob beradi.
Korxonada ekskursiyadan so‘ng tashrif buyurgan talabar barchasi ishga kirish maqsadida korxonaning mutaxassis xodimlari bilan birlamchi suhabatdan o‘tdilar.
Korxona mutaxassislari Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari olgan bilimlari to‘g‘risida juda yaxshi fikr bildirdilar.
Kelgusida korxona bilan birgalikda hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarni bandligini taminlash masalalari kelishib olindi.
Tashrif yakunida korxona rahbariyati tomonidan institutning rahbariyatiga minatdorchilik birdirildi va sertifikat bilan taqdirladilar.