B.Sh.Usmonov 1968-yil 24-mart kuni Samarqand viloyatida tugʻilgan.
1993 -yilda Qozon davlat texnika universitetini “Aviasozlik texnologiyalari” yoʻnalishini tamomlagan. 1999- yilda Hindistonning Andra universitetini “Mexanika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha magistraturasini, 2001- yilda Germaniyaning Gamburg-Harburg texnika universitetini “Mexatronika” mutaxassisligi boʻyicha magistraturasini tamomlagan. B.Sh.Usmonov bugungi kunga qadar 2 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta darslik va 5 ta oʻquv qoʻllanma muallifi.
Janubiy Koreyada Konkuk universitetining aviatsiya axborot texnologiyalari fakulteti bilan hamkorlikda 2007 -yilda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada, 2002-2006- yillarda Germaniyaning nufuzli universitetlarida, 2005 -yilda Italiyaning Genua universitetida, 2005- yilda Yaponiyaning Aeronavtika oʻquv yurtida seminar va anjumanlarida maʼruzalar bilan ishtirok qilgan. 2009-2010 yillarda Shvetsariya milliy ilmiy tadqiqotlar fondi sovrindori, Hindiston va Turkiyadagi ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha Xalqaro kongresslar ilmiy kollegiyalari aʼzosi va shu mavzularga oid ilmiy loyihalarga rahbarlik qilmoqda.
Bugungi kunda oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
- oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterlik yondashuvlar asoslangan innovatsion rivojlantirish mexanizmini yaratish;
- oliy taʼlim muassasalarda ilmiy- tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishda klasterlik yondashuvlarga asoslangan taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish;
- oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati;
- strategik omillarini va prinsiplarining nazariy asoslarini takomillashtirish.
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Davlat taʼlim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- Oliy taʼlim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha boʻlinmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy taʼlim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
- Xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
- Oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, oʻqishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini taʼminlash;
- Fakultetlar va kafedralar faoliyati, oʻquv jarayoni, maʼruzalar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashgʻulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini taʼminlash;
- Taʼlim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yoʻnalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, oʻquv adabiyotlarini takomillashtirib borishni taʼminlash, ilmiy izlanishlarni yoʻnaltirib borish;
- Taʼlim jarayonini boshqarish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash va boshqalar.
1999- yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi, 2004 -yilda Samolyot aerodinamik kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini oldi. 2021- yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2022- yilda professor ilmiy unvoni, 2023- yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1993-1995 yillari Toshkent davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, assistenti;
1995-1997 yillari Toshkent davlat aviatsiya instituti katta oʻqituvchisi, boʻlim boshligʻi;
2001-2002 yillari Daymler-Kraysler kompaniyasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi bosh mutaxassisi;
2002-2007 yillari Toshkent davlat aviatsiya instituti dotsenti, boʻlim boshligʻi, fakultet dekani;
2007-2008 yillari Konkuk universiteti (Janubiy Koreya) “Texnikada axborot texnologiyalari” kafedrasi professori;
2008-2012 yillari Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali ilmiy kotibi, fakultet dekani oʻrinbosari, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari;
2012-2013 yillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha xizmatining taʼlimni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhi, oliy taʼlim masalalari boʻyicha yetakchi konsultanti;
2013-2016 yillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari;
2016-2017 yillari Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali dotsenti;
2017-2018 yillari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori;
2019-2020 yillari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari;
2020 -yil 16- fevraldan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori.