Biotexnologiya kafedrasi



Biotexnologiya” kafedrasi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti tarkibida 2004 yildan bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2008 yilda magistratura mutaxassisligi ochildi. Hozirda kafedrada 60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70710201- Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab chiqarish) magistratura mutaxassisligi, 2019 yildan 60710500-Energetika (tarmoqlar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Kafedra iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali biotexnolog mutaxassislar tayyorlab berishda respublikamizdagi tayanch mutaxassislik kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra tasarrufida. Biotexnologiya, Mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiya, Biokimyo, Amaliy algologiya laboratoriyalari mavjud. Kafedra kimyo, biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya, oziq-vqat texnologiyasi bo‘yicha salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra maqsadi: mehnat bozori talablariga javob beradigan, oliy ma’lumotli, yuqori professional malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan biotexnolog mutaxassislarni (bakalvr va magistr) tayyorlash hisoblanadi.

Kafedraning vazifalari:

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish; talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Rivojlangan davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

-Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratning topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

- Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

- Auditoriya ishlarini mukammallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish; 

- Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- Kafedra xodimlarining shaxsiy rejalaridagi o‘quv, o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarini ko‘rib chiqish;

- Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mohirlikni egallashda yordam berish;

- Axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish; masofali ta’lim tizimini rivojlantirish; xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish;

- Raqobatbardosh va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari. kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedra bitiruvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

- Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;

- Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

yuklanmoqda....

document

Normatov Anvar Mirzaevich
Normatov Anvar Mirzaevich Kafedra mudiri
biok@tkti.uz +998994851605