Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi



«Enologiya va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi „Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-3573 sonli qarorining 17- va 19-bandlarida keltirilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, TKTI rektorining 15 avgust 2018 yildagi 611-sonli buyrug‘iga asosan “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetini tashkil etilgan.

“Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti tasarrufida kafedra “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining “Qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi” sikli asosida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab “Enologiya” va “Bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” nomlari bilan tashkil etilgan.

TKTI rektorining 27 iyul 2020 yildagi 396-sonli buyrug‘iga asosan “Enologiya”, “Bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” va “Sanoat uzumchiligi va servis” kafedralari birlashtirilib “Enologiya va umumiy ovqatlanishni tashkil etish” kafedrasi shakllantirildi.

Ushbu kafedraning asosi bo’lgan “Vinochilik va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi 1938 yilda O’rta Osiyo Davlat universitetida katta olim, professor M.A.Xovrenko tashabuschiligida tashkil etilgan va uning o’zi kafedraga rahbarlik qilgan. 1940 yilda kafedra O`rta Osiyo industrial institutiga o`tkazilgan. 1941 yildan 1958 yillarda kafedrani dots. Motalev S.V., 1958-1960 yillarda prof. I.F. Zelikman boshqarib kelishgan.

1960-1990 yillarda kafedrani dotsent S.X.Abdurazakova, 1990-1995 yillarda dots. S.U.Umarov, 1995-2003 yillarda dots. Z.Sh. Sapaeva, 1999 yilda kafedra nomi «Qand va bijg’ish mahsulotlari texnologiyasi»ga o`zgartirilgan. 2011 yilda kafedra “Yog’-moy va don mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi deb yuritila boshlagan. 2011-2016 yillarda t.f.n., dots Q.P.Serkayev, 2016-2018 yillarda t.f.n. U.K.Abdullayev, 2018-2020 yillarda dots. X.T.Xasanov va dots. B.O.Abdullayevalar kafedra mudiri vazifasini bajarganlar. Hozirgi vaqtda kafedrani dots. A.X.Boboyev boshqarib kelmoqda.

Kafedra yuqori malakali professor-o’qituvchilar bilan ta’minlangan. Kafedra tashkil etilgandan buyon 10 ta dan ortiq fan doktorlari, 25 ta dan ortiq fan nomzodlari, 2000 ga yaqin vino, spirt, pivo hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi yunalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bundan tashqari go’sht-sut, konserva va qand ishlab chiqarish bo’yicha ham yetuk kadrlar tayyorlangan. Kafedra laboratoriyalari mikrobiologiya, biokimyo, tehno-kimyoviy nazorat, avtoklav, zamonaviy biorganik laboratoriya jihozlari bilan ta`minlangan.

Kafedra bitiruvchilari ichida olimlar, yirik korxonalar rahbarlari va vazirlik xodimlari bor. Shulardan, fan doktorlari: Y.L.Rogosov, N.Korolkov, S.H.Abdurazakova, S.M.Turobjonov, B.Qasimhodjaev, H.T.Salomov, N.K.Mo’minov, D.T.Mirzarahmetova va boshqalar. Mazkur kafedrasi bitiruvchilari ishlab chiqarishni turli sohalarida yuqori lavozimlarda faoliyat ko`rsatishgan: O.A.Abdullayev, B.Musurmanov, J.Ma’rupov, Sh.I.Otabekov, V.S.Avakov, R.B.Saidaxmedova, S.B.Saidjalolov, Z.Topilov, T.M.Ilyasov, M.X.Yusupova, G‘.X.Mamadjanov, A.N.Efremov, A.O.Abdullayev, Islomov M.I., X.T.Ortiqova, D.A. Qosimxo‘jaeva, R.To‘ychiev, S.Ishmuxamedova va boshqalar.

Kafedrada quyidagi bakalavriat yunalishlari bo`yicha bakalavrlar va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlanyapti.

Bakalavriatura yo’nalishlar

            61010200 - Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi

60720300 - Vinochilik texnologiyasi, bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

60810700 - Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 Magistratura mutaxassisliklari

70720101- Oziq-ovqat texnologiyasi

70811002 - Uzumchilik va vinochilik


Oliy ma’lumotli, yuqori professional malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan vino, pivo, spirt va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari hamda umumiy ovqatlanishni tashkil etish muassasalari uchun mutaxassislarni (bakalavriat va magistr) tayyorlash.

Kafedraning vazifalari:

- barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

- talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimini baholashni joriy etish; talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- rivojlangan davlatlar darajasidagi talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash;

- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, «El-yurt umidi» fondi hamda boshqa Respublika miqyosida o‘tkaziladigan jamg‘armalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; 

- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- axborot bazasini yaratish va yangilab boirsh, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan foydalanish;

- raqobatbardosh va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida vino, pivo, spirt va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari, umumiy ovqatlanishni tashkil etish muassasalari va boshqa sanoat korxonalari bilan aloqa o‘rnatish;

- oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada magistratura, tayanch doktorantura va doktoranturani o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

- kafedra yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;

- xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

        Kafedra bitiruvchilari vinochilik texnologiyasi, bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ishimliklar texnologiyasi yo’nalishida faoliyat olib bo’ruvchi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvch korxonalarida ishlashi mumkin.

Kafedraning o‘quv faoliyati.

Kafedrada 61010200 - Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi, 60720300 - Vinochilik texnologiyasi, bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi, 60810700 - Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, 70720101- Oziq-ovqat texnologiyasi, 70811002 - Uzumchilik va vinochilik yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistr talabalariga 25 dan ortiq mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.

      Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug‘ullanadilar. Jumladan, 2023-2024- yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, trening kurlari chop etildi. Jumladan:

   - Zakirova M.R. «Mikrobiologiya» 2024. Darslik.

   - Zakirova M.R. «Oziq-ovqat mikrobiologiyasi» 2023. Darslik.

   - Zakirova M.R. «Mikrobiologiya vinodeliya i spirta» 2023. Darslik.

   - Abdullayeva B.A. “Vinolarning maxsus texnologiyasi” 2023. Darslik.

   - Abdullayeva B.A., Irgasheva G.R., Boboyev A.X., Aliyeva M.I. Vino ishlab chiqarish jihozlari 2023. Darslik.

   - Irgasheva G.R. Ishlab chiqarishda texno-kimyoviy nazorat va sifatini boshqarish” fanidan 2023. Darslik.

   - Rustambekova F.F. Pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi 2023. Darslik.

   - Abdullayeva B.A. “Vinolarning maxsus texnologiyasi” (laboratoriya mashg`ulotlari uchun) 2024. O’quv qo’llanma.

   - Abdullayeva B.A. “Vinolarning maxsus texnologiyasi” (amaliy mashg`ulotlari uchun) 2024. O’quv qo’llanma.

   - Rustambekova F.F. Pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi 2023. O’quv qo’llanma.

   - Irgasheva G.R. Антиоксидантная активность вин. 2022. Monografiya.

   - Rustambekova F.F. Применения нетрадиционного сырья в пивоварении. 2022. Monografiya.

   - Abduraximov A.X. Технологии получения адсорбентов на основе древесины Павловния. 2023. Monografiya.

   - Zakirova M.R. Усовершенствование технологии спирта биотехнологическим методом. 2023. Monografiya.

   - Abdullayeva B.A. Некоторые экологические аспекты виноделия. 2023. Monografiya.

     Hozirda kafedraning o‘quv filiallari “Toshkentvino kombinati” AJ va “O’zbekiston Shampani”AJ sanoat korxonalarida tashkil etilgan boʻlib, talabalarga toʻgʻridan toʻgʻri ushbu korxonalarda darslar olib borilmoqda. Korxona filiallarida talabalar fan va ishlab chiqarish uygʻunligida oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini yuqori natijadorlikda oʻzlashtirib bormoqdalar.

Kafedraning ilmiy faoliyati. 

Kafedra professor oʻqituvchilari malakali muxandis-texnolog, bakalavr va magistrlar tayyorlash bilan bir qatorda ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Kafedrada asosan quyidagi mavzular boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilyapti:

1. Resurs tejamkor ekologik toza yuqori sifatli vinolarni texnologiyasini yaratish

2. Quvvatlangan sharob va sharob maxsulotlari ishlab chiqarishda kislorodli ishlov berishni takomillashtirish

3. Immobilizasiyalangan fermentlar va achitqi xujayralari asosida sharob ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish

4. Kraxmalli xom ashyolarni qayta ishlashda biokatalitik jarayonlarni takomillashtirish.

5. Vino antioksidantlari va ularni vino ishlab chiqarishdagi ahamiyati

6. Uzumni qayta ishlash va vino tayyorlash texnologiyasini innovasion takomillashtirish

7. O'zbekiston sharoitida Ice Wine tipidagi vinolar ishlab chiqarishni rivojlantirish.

8. Vinochilikning ekologik jihatlarini o'rganish. 

Kafedrada amalga oshirilayotgan ilmiy loyiha va xo’jalik shartnomalari:

1. “Oziq-ovqat mahsulotlarida qoʻllaniladigan buyumlarni ishlab chiqarishda dolomit materiallarini tarkibiy qismi, mineral tarkibini aniqlash va inson organizmiga ta'sir etuvchi omillarini aniqlash” xo’jalik shartnomasi, rahbar – dotsent. Irgasheva G.R. Umumiy budjet - 20 mln. UZS.

2. “Umumiy ovqatlanishda maxsulot sifatini baxolash metodisini ishlab chiqish” xo’jalik shartnomasi, rahbar – dotsent. Ubaydullayeva D.I. Umumiy budjet - 20 mln. UZS.

 3.  “Gazlangan va gazlanmagan suv mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik yuqotish me'yorlari” xo’jalik shartnomasi, rahbar –Sharipov P.R. Umumiy budjet - 10 mln. UZS.

 2024 yilda kafedraning 1 ta ilmiy tadqotchisi PhD dissertatsiya himoya qilish rejalashtirilgan:

● Sharipov P.R. “Amarant o’simligi oqsillari asosida biologik faol peptidlar olish texnologiyasini yaratish” mavzusida.

Kafedrada 2 ta innovatsion guruh faoliyat ko‘rsatib kelmoqda: ChEII “Toshkentvinokombinati” AJ, "Bektemir-spirt eksperimental zavodi" AJ, Yangiyoʻl "Biokimyo" AJ, "Mehnat" Agrofirmasi, "Inter-rohat" QK, “O’zbekiston Shampani” AJ, "Angren-shakar" MChJ, Bunyod Gold MChJ lar bilan tuzilgan guruhlarda korxonalarning mavjud texnologik mummolarini yechish masalalari xal etiladi. Innovatsion guruxlarda kafedraning professor o‘qituvchilari, magistr va talabalari ishtirok etib, magistrlarning dissertatsiya mavzulari va bakalavrlarning BMI mavzulari ushbu muammolarni yechishga qaratilgan.

Kafedra professor- o‘qituvchi va doktorantlari tomonidan har yili horijiy va maxalliy jurnallarda 30 dan oritq maqola; anjumanlar to‘plamlarida 50 dan ortiq maqola va tezislar chop etiladi.

Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:

1. Rossiyaning Kuban davlat texnologiya universiteti;

2. Daniyaning Kopengagen universiteti;

3. K.G. Razumovskiy nomidagi Moskva davlat texnologiya va boshqaruv universiteti;

4. Bolgariyaning Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universiteti;

5. O’zR FA Mikrobiologiya institute

6. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti

7. Belarus davlat texnologiya universiteti.

document

Boboyev Akmal Xatamovich
Boboyev Akmal Xatamovich Kafedra mudiri
euotek@tkti.uz +998996901579