Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi



 1994 yilda texnika fanlari doktori M.M.Vakilni institut rahbariyati «Konservalash texnologiyasi» mutaxassisligiga rahbar qilib tayinlashdi. Shundan so’ng kafedra mustaqil faoliyat ko’rsata boshladi.

 1999 yilning sentyabr oyidan boshlab, «Go’sht va sut mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bilan birlashdi va «Go’sht, sut, baliq va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi» kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2005 yilning sentyabr oyidan kafedraning nomi «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» deb ataldi va 2006 yilning fevral oyidan mudir etib, t.f.d. Q.O.Dodaev tayinlandi. 2011 yilning sentyabr oyida «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi bazasida «Oziq-ovqat xavfsizligi» sikli tashkil etildi. 2012 yildan boshlab, «Oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasi deb yuritila boshlandi, kafedra mudiri sifatida t.f.d. Q.O.Dodaev faoliyat yuritdi.  2014 yil 2 sentyabridan boshlab, «Oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasiga dos. A.J.Choriyev kafedra mudiri etib tayinlandi. Institut tarkibiy tuzilishiga o’zgartirishlar (rotasiya) qilinishi natijasida 2020 yilning 2 sentyabridan «Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi deb yuritila boshlandi.  2020 yilning 2 dekabrida «Go’sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasiga dos. .X.Eshmatov mudir etib tayinlandi va bugungi kungacha mudir sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mehnat bozori talablariga javob beradigan, oliy maʼlumotli, yuqori professional malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan biotexnolog mutaxassislarni (bakalvriat va magistr) tayyorlash hisoblanadi.Hamda barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan maʼruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish.

yuklanmoqda...

document