“Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Dastlabki kunlardan boshlab jahondagi ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida talabalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish va ma’nan yetuk kadrlarni tarbiyalash kafedraning asosiy maqsadi va vazifasi etib belgilangan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi munosabati bilan 1991-1992 – o‘quv yilida institutda “Politologiya va iqtisod” kafedrasi va “Tarix va falsafa” kafedrasi tashkil qilindi. “Politologiya va iqtisod” kafedrasiga professor S.O.Otamuratov, “Tarix va falsafa” kafedrasiga dotsent X.Nasrullayev mudir qilib tayinlandi. 1993-yilning martida mazkur kafedralar birlashtirildi. Unga professor S.O.Otamuratov mudir qilib tayinlandi. Institutda talabalar soni ortib borishi munosabati bilan 1996-1997 – o‘quv yili ushbu kafedradan “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedrasi tashkil qilinib, unga dotsent E.H.Qosimov mudir qilib tayinlandi. 2000-2001-o‘quv yilida esa har ikkala − “Itimoiy-siyosiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedralari bazasida “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2004-2005 – o‘quv yilida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi bilan qayta birlashtirilib, “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2018-yilda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan birlashtirilib “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga 2011-yilgacha professor S.Otamuratov, 2011-yildan hozirgi vaqtgacha professor O.Sirojov rahbarlik qilib kelmoqda.
“Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasining asosiy maqsadi jahondagi ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida talabalarga sifatli ta’lim berish, ma’nan hamda jismonan yetuk kadrlarni tarbiyalash kafedraning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Buning uchun bakalavriat bosqichi talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa” “Dinshunoslik” va “Jismoniy tarbiya va sport madaniyati” fanlari orqali talaba yoshlarga vatanparvarlik, yurtga sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, tinchlikni, mustaqillikni asrab-avaylash, yoshlarni aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar belgilab olingan.
Ilmiy salohiyatni rivojlantirish kafedra rahbariyatining e’tiborida jiddiy vazifa sifatida qarab kelinadi. Jumladan, professor S.O.Otamuratov rahbarligida “Milliy ma’naviy taraqqiyotning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy muammolari” mavzusida keng jabhada ilmiy izlanish ishlari olib borildi. O‘tgan yillar mobaynida 4 ta doktorlik (DSc), 10 dan ortiq fan nomzodi (PhD) dissertatsiyalari tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jumladan, kafedra qoshida 1994-yildan 2013-yilgacha 09.00.10 siyosat falsafasi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu yillar davomida aspiranturani 8 ta yosh mutaxassis tamomladi. Ulardan X.Jumaniyozov “Mustaqillik va milliy rivojlanishining ma’naviy – mafkuraviy salohiyatini shakllantirish muammolari”; N.Berdaliyev “Davlatning mustaqillik sharoitida milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish siyosati”; O.Sirojov “Mintaqaviy muammolar va ularni bartaraf etishda O‘zbekiston omili”, H.Yorqulov “O‘tish davri davlat siyosatida intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish muammolari” mavzularida dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qildilar va siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajalarini oldilar. Haydarali Uzoqov “O‘zbekistonda mustaqillik uchun kurash tarixi” (1900 – 1940-yillar) 1996-yili himoya qildi va tarix fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Jo‘raqul Baxronov “Mustaqillik sharoitida shaxsning milliy o‘zligini anglash muammolari” mavzusida 2000-yilda professor S.Otamuratov maslahatchiligida himoya qildi va siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; Rustam Samarov “Qurolli kuchlar tizimining femenizatsiyalashuvi: rivojlanishning o‘ziga xosligi va ijtimoiy mexanizm” (O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari misolida) mavzusida 2005-yilda (ilmiy maslahatchi professor S.Otamuratov) dissertatsiyasini himoya qilib falsafa fanlar doktori ilmiy darajasini oldi; To‘lqin Alimardonov “Siyosat va axloq muvozanati muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Professor S.Otamuratov ilmiy rahbarligida 2018-yil O.O.Sirojov “Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida O‘zbekiston manfaatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib siyosiy fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini, A.F.Sultonov “O’zbekiston ijro hokimiyatida boshqaruv madaniyati” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2020-yil B.A.Omonov “Jamiyatni modernizatsiyalash konseptual modellarining siyosiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib siyosiy fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini, 2021-yil kafedra katta o‘qituvchisi A.B.Qilichev “Amir Temur davlatida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlari (siyosiy tahlil)” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, E.K.Axmedov “Missionerlik harakatining milliy-ma’naviy taraqqiyotga tahdidi va uning oldini olish omillari” mavzusidagi disertatsiyasini himoya qilib falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar. Bundan tashqari 2021-yil kafedra katta o‘qituvchisi L.Xolmatov “Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, kafedra tayanch doktoranti F.Amonova “Buxoro amirligi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rni (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlari)” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar. Shuningdek, S.Hamroyev “Globallashuvning milliy davlat suverenitetiga tahdidlari va ularni bartaraf etish omillari (siyosiy-falsafiy tahlil)” mavzusida (ilmiy rahbari prof. S.Otamuratov) , A.Avlakulov “Texnogen sivilizatsiyaning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotda namoyon bo‘lish jarayonlari” (ilmiy rahbari prof. S.Otamuratov) mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar.
Bugungi kunda kafedrada 09.00.02 – ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi, 09.00.04 – ijtimoiy falsafa, 23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga o‘rinlar berilgan bo‘lib, unda K.Abdurazakova “O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo aloqalarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni” mavzusida (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov), B.Xolmatov “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda “Xalq diplomatiyasi”ning o‘rni” mavzusida (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov) , Murzayeva Shaxlo Baxtiyorovna : “O‘zbekiston milliy madaniy markazlarning mintaqaviy hamkorlikni mustaxkamlashdagi o‘rni” (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov), Meliyev No‘monxon Ibodulla o‘g‘li (“Markaziy Osiyo davlatlarini kommunikatsiyaviy rivojlantirishda Afgʻoniston omili.” ) (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov), G‘aybullayev Oybek Qosim o‘g‘li “Markaziy Osiyoda energetika siyosati va uni mintaqaviy integratsiyaning shakllantirishdagi o'rni” (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov), Toshev Suxrob Mirzaqulovich
“Yoshlarga xavf solayotgan gʻoyaviy, mafkuraviy tahdidlar va ulardan himoyalanish omillari.” (ilmiy rahbari prof. O.Sirojov) mavzusida ilmıy izlanıshlar olıb bormoqda. Kafedra jamoasi shu yillar davomida – 400 dan ortiq monografiya, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, ilmiy uslubiy qo‘llanma va maslahatlar, fanlardan ma’ruza matnlari ilmiy anjumanlarida qilingan ma’ruza tezislarini e’lon qildi.