1991-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi bilan bir vaqtning oʻzida institut tarkibida «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasiga asos solindi. 1996-yilda kafedraga «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi qoʻshilib, «Informatika va avtomatlashtirish» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri sifatida 1991-1998 yillarda texnika fanlari doktori Artikov Asqar Artikovich oʻz faoliyatini yuritdi. 1998-2004 yillarda esa texnika fanlari nomzodi, dotsent Yunusov Ismat Inogʻomovich, 2004-2005 yillarda kafedraga texnika fanlari doktori, professor Ismatullaev Patxulla Raxmatovich rahbarlik qildi. 2005-yildan professor Asqar Artiqovich Artikov kafedrani boshqargan boʻlsa, 2010-2014 hamda 2019-2020 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi Hamidov Bahodir Tadjiddinovich, 2014-2017 yillarda texnika fanlari nomzodi Jahongir Hikmatilloyevich Hasanov, 2017-2019 yillarda Norqobilov Adham Tilovovich, 2021-2022 yillarda esa texnika fanlari nomzodi Karabayev Dilshod Temirovich rahbarlik qildi. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab esa, Boboyorov Ravshan Otabekovich kafedrani boshqarib kelmoqda. Kafedrada keng tajribaga ega, tanqidiy va ijodiy fikrlashga qodir, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish uchun zarur bilimlarga ega bo‘lgan, o‘z bilim va ko‘nikmalarini muhandislik faoliyatida, shuningdek, oziq-ovqat va kimyo sanoatini avtomatlashtirish amaliy muammolarini hal etishda qo‘llay oladigan bakalavr va magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
“Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi oʻz oldiga quyidagi maqsadlarni qoʻygan:
Yuklanmoqda...
“ZUMA Pharm” MCHJ farmasevtika korxonasiga tashrif buyurdi.