Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



“Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi 1985-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarkibida tashkil etilgan.

Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi Respublikamizning kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalariga hamda yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari uchun mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Kafedrada 30 nafar professor-o‘qituvchilar ishlaydi, ulardan 6 nafar professor, 14 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent va 3 nafar o‘qituvchi stajorlardir. Neft va gazni qayta ishlashning amaliy yo‘nalishlari – neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari, neft va gazni qayta ishlash qurilmalarini takomillashtirish, neft va gaz ishi, texnologik mashina va jihozlar, neft va gaz kimyosi va texnologiyasi o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassislar bor. 

O‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni kelishilgan holda amalga oshirish, shuningdek, o‘quv jarayoni, loyihali va professional faoliyatni integratsiyalashuviga asoslangan eng samarali o‘quv texnologiyalarini ishlab chiqish va neft va gaz sohasidagi tashkilotlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan muhandis-texnologlarni tayyorlash va rivojlantirishdir.oiuyt4

Kafedraning ilmiy va ilmiy-pedagogik yo‘nalishini rivojlantirishning ustuvor vazifasi sifatida o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlash, o‘qitishga kommunikativ yondoshishda neft va gaz soxa fanlarini o‘qitishning pedagogik va ilmiy-uslubiy muammolarini hal qilish vazifasi qo‘yilgan.

Kafedraning o‘quv faoliyati.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar (ma’ruza, amaliyot va laboratoriya): Neft va gaz kimyosi va fizikasi, Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1,2, gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari, neft va gazni qayta ishlash qurilmalarini takomillashtirish, neft va gaz ishi, texnologik mashina va jihozlar, neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

Kafedradagi yosh o‘qituvchilar ilmiy salohiyatli o‘qituvchilarga biriktirilgan va olgan natijalari asosida Impakt faktori yuqori bo’lgan, Scopus, web of sience, Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnallarga maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug‘ullanadilar. Jumladan, 2024-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta darslik va 20 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi etildi:

1.   To‘rayev T.B., Yuldashev T.R.,  Mengliyev Sh.SH., Igamkulova N.A., Raximov H.N., Muqobil hom ashyo manbalaridan uglevodorodlar olish texnologiyasi darslik (I-qism)

2.   To‘rayev T.B., Yuldashev T.R., Mengliyev Sh.SH., Igamkulova N.A., Raximov H.N., Muqobil hom ashyo manbalaridan uglevodorodlar olish texnologiyasi darslik (II-qism)

3.   To‘rayev T.B., Mengliyev Sh.SH., Igamkulova N.A., Raximov H.N., O‘.R.Azamatov. Ixtisoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma (I-qism)

4.   O.Y.Aripdjanov, Sh.P.Nurullayev, U.X.Sayidov, Sh.A.Azimova, O'.R.Azamatov, E.E.Mashayev "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi" Darslik. Toshkent: Dizayn market, 2024.-468 b.

5.   T.R.Yuldashev, F.E.Buronov, I.E.Abdiraximov B.O.Jumaboev, B.M .Ismailov, X.N. Raximov.  “Neft va gaz sanoati texnologiyasi va kimyosi” Darslik -Toshkent: “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,\ fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug’i, Qarshi -2024.”-550 b.

6.   E.E.Mashayev. “Krezollar asosidagi bis-karbamatlar sintezi, xossalari va qo‘llanilishi” Monografiya-Toshkent 2024. -112 b.

Kafedraning ilmiy faoliyati.

So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik va 50 ta o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi. Kafedra tomonidan 2023-2024 o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan mahalliy va xorijiy jurnallarda 100 ta ilmiy maqola chop etilgan.

Bakalavriatura va magistratura talabalaridan saralab olingan iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Neft va gaz kimyogari” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir iqtidorli talaba kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan. Ushbu to‘garakda a’zo har bir talaba o‘z ilmiy rahbari bilan ilmiy mavzulari doirasida shug‘ullanib, turli xil tanlovlar, stipendiyalar va olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Shu bilan bir qatorda kafedrada har yili Respublika va xorij oliy ta’lim muassasalari, turdosh soha mutaxassislari hamda korxonalari bilan hamkorlikda turli xil o‘quv seminarlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.

Kafedraning barcha o‘qituvchilari doimiy ravishda malaka oshiradilar.

Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:

Horijiy hamkor OTM yoki ITM olimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar. Kafedrada chet el olimlari bilan o’zaro hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va o’quv jarayoni bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

• Kafedrada

• 1. Baku Oliy neft maktabi

• 2. M.Auezov nomli Janubiy Qozog’iston davlat universiteti

• 3. Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

• 4. D.I.Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti

• 5. Rossiya texnologik universiteti (M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat nozik kimyoviy texnologiyalar universiteti)

• 6. Belorussiya davlat texnologik universiteti

• 7. Qatar atrof-muhit va energetika tadqiqot instituti, Doha, Qatar

Yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlardagi OTM lar va u yerdagi olimlar bilan hamkorlikda ilmiy va o’quv ishlarini olib borilmoqda.

document

Mengliyev Sherzod Shoimovich
Mengliyev Sherzod Shoimovich Kafedra mudiri
gqiktk@tkti.uz +998901677444