Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



Toshkent kimyo-texnologiya institutining yetakchi kafedralaridan xisoblanadigan «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi juda qadim va boy tarixga ega. Butunittifoq oliy taʼlim Qo‘mitasi raisining 1937 yildagi qaroriga binoan O‘rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakulteti tarkibida 1939 yili “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo Davlat universitetining rektori bo‘lib ishlayotgan M.S. Elgortning shogirdi dotsent S.А. Sig‘ov mudirlik qila boshladi. Shu yili kafedrada noorganik moddalar texnologiyasi yoʼnalishida 13 ta mutaxassis kimyogar-muxandislar tayyorlandi va ular O‘zbekiston Respublikasining turli kimyo korxonalariga yo‘llanma oldilar.

 1940-yilning yozida kimyo fakulteti tarkibidagi kafedralar, shu jumladan “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi bilan birgalikda O‘rta Osiyo Davlat Universitetida O‘rta Osiyo sanoat instituti tasarrufiga o‘tkazildi. Lekin kafedra xodimlari va talabalari shu yil boshlangan urush tufayli oʼquv yilini oxirlay olmadilar. Ulug‘ Vatan urushi yillarida kafedra mudiri S.А. Sig‘ov va assistent Z.M. Leykin Vatan himoyasiga safarbar etilganliklari tufayli kafedraga qisqa vaqt kimyo fanlari nomzodi, dots. А.B.Kuchqarov va O‘zR Davlat rejalashtirish Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.N.Nabievlar mudirlik qilganlar.

Urushdan qaytganidan keyin 1946-1967 yilgacha kafedra mudirligi faoliyatini dots. S.А.Sig‘ov davom ettirgan, 1968 yildan 1990-yilgacha texnika fanlari doktori, professor F.M.Mirzaev mudirlik qilgan davrlarda O‘zRFА kimyo institutidagi o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi bo‘limi bilan yaqin ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, ilm fan gurkirab rivojlandi va buning oqibatida noorganik moddalar, shu jumladan mineral va organomineral o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi borasida olib boriladigan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha Respublikaning kimyo korxonalariga amaliy tavsiyalar berildi va ular Qo‘qon va Samarqand superfosfat korxonalari, Navoiy va Olmaliq kimyo korxonalari, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasida joriy etildi.

Kafedraga 1990-1992 yillarda t.f.n., dotsent Sh.А.Yakubov, 1992-1994 yillarda t.f.d. P.X. Mansurov, 1994-2000 yillarda t.f.d., professor T.А.Аtakuziev, 2000-2001 yy., 2006-2009 yillarda t.f.n., dotsent Z.K.Toirov, 2001-2005 yy, 2009-2011 yillarda t.f.d., prof. А.U.Erkaev, 2005-2006 yilarda t.f.d. M.I.Iskandarova, 2011-2015 yillarda t.f.n., dotsent Iskenderov А.M., 2016-2018 yillarda t.f.n., dotsent M.Sh.Аdilova, 2018 yil avgust oyidan boshlab hozirgi kungacha t.f.n., dotsent M.S.Djandullaeva kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Xozirgi kunda kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalish bo‘yicha – 60710100-Kimyoviy texnologiya (Noorganik moddalar texnologiyasi) - 285 nafar, 70710101- Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi) - 10 nafar,  70710101- Kimyoviy texnologiya (mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi) – 5 nafar magistratura mutaxassiligi bo‘yicha ta’lim olmoqdalar.

Kafedrada shu kungacha 20 dan ortiq fan doktorlari, 100 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan.

Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o’rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o’quv mashg‘ulotlarini olib borish xamda fanlardan o’quv dasturlarini takomillashtirishdan iborat.

Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishi, talabalarni bilim olishga, o’z ustida ishlashga, zamonaviy texnologiyalar yutuqlaridan maqsadli foydalanishga, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishga undash, shaxsni tarbiyalash, intelektual salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari malakali muhandis-texnologlar tayyorlash bilan bir qatorda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan: olib borilgan tadqiqot natijalari asosida “Farg’onaazot” АJ, “Navoiazot” АJ, “Qo‘ng’irot soda zavodi” MChJ QK, “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ va “Ammafos-Maksam” АJ va “Elektrokimyozavod” MChJ QK, korxonalarida sanoatga tadbiq etilgan.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

1. “Kaustik soda ishlab chiqarish texnologiyasi”

2. “Magniyli tabiiy xom ashyolar asosida magniy sulfat olish tadqiqoti”

3. “Past sifatli fosforitlar koʼmir va torf asosida organomineral oʼgʼitlar olish texnologiyasi”

4. “Kaliy gidroksid ishlab chiqarish texnologiyasi”

5.  “Burkeit ishlab chiqarish texnologiyasi”

6. “Past navli Tyubegatan koni silvinitlarini mahalliy flotoreagentlar asosida boyitish texnologiyasini takomillashtirish”

7. “Maxalliy alyuminiyli xom ashyolarni kislotali parchalab alyuminiy oksidi olish”

8.  “Kimyo sanoati chiqindilarini kompleks utilizatsiya qilish texnologiyasi”

9.  “Mahalliy fosforitlar asosida turli o’g’itlar olish texnologiyasi”

Kasbiy kompetensiyalar:

• tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha fan va iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilishga yo‘nalgan kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;

• mutaxassislikning ilmiy muammolari bo‘yicha masalalarni shakllantirishi va yecha olishi, bilimlar bazasini yarata olishi va undan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalana olishi;

• ilmiy ijodiyot va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi;

• tadqiqotlar metodikasini ishlab chiqishi va ularni amalga oshira bilishi;

• hisobotlar tuzishi va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar tuza olishi;

• avtomatlashtirish metodlari va kasbiy masalalarni kompyuterda modellashni bilishi;

• bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila bilishi;

• zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va axborot-kommunikativ tizimlardan foydalanib o‘qitish metodlarini egallagan bo‘lishi.

Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari

Kafedra xodimlari tomonidan shu kunga qadar 10 dan ortiq darslik yozilgan. Shu jumladan 2023-yilning o‘zida Erkaev A.U., Dormeshkin O.B., Reymov A.M., SHaripova X.T., Kucharov B.X. 70710101- Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi) Graficheskiy analiz solevыx sistem. “Faylasuflar” nashryoti. ISNB 978-9943-8195-3-5. Tashkent -2023y. 573-b.

Erkaev A.U., Adilova M.SH., Reymov A.M., Ulashova N.A. Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari”. “Faylasuflar” nashryoti. ISNB 978-9943-5454-8-9. Tashkent -2023-y. -860 b.

Erkayev A.U., Linkevich V.A., Toirov Z.K., To’raqulov B.B., Erkayeva N.A. 60710100- Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar). “Kaltsinatsiyalangan soda olish texnoxogiyasi” darsligi chop etilgan.

Kafedra xodimlari 4000 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar muallifi hisoblanadilar.

Kafedraning xalqaro aloqalari

Kafedra Belorussiya davlat texnologiya instituti, “Belorussiya oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar” davlat universiteti, Sank-Peterburg Davlat texnologiya institutida, Qozog‘istonning CHimkent Davlat instituti, Tojikiston milliy universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Dushanbe shahridagi filiali, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti, Ivanovskiy Gosudarstvenniy ximiko-texnologicheskiy universiteti, Tojikiston Respublikasi Nosir Xusrav nomidagi Boxtar milliy universiteti va B.I. Nikitin nomidagi Tojikiston fanlar akademiyasi ilmiy-texnik markazlari bilan yaqin aloqalar bog‘lab turadi.

 

document

Djandullaeva Munavara Saparbaevna
Djandullaeva Munavara Saparbaevna Kafedra mudiri
nmktk@tkti.uz +998906536875