Kafedrada o‘zbek va rus tillarida akademik va texnik muloqot fani o‘qitilishining asosiy maqsadi talabalarda bo‘lajak mutaxassislarining atamalarini o‘zbek va rus tillarida o‘rganish, egallayotgan sohalari bo‘yicha ushbu tillarda og‘zaki va yozma muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishishdir.
Kafedrada 60112400 – Professional ta’lim: oziq-ovqat texnologiyasi, hamda 60112400 – Professional ta’lim: kimyoviy texnologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar maktablari, kollejlarda, texnikum va boshqa ta’lim muassasalarda kasbiy vazifalarini bajarishga qodir bo‘lgan “muhandis-pedagog” kvalifikatsiyaga ega kadrlar tayyorlanadi. 70112401 – Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (oziq-ovqat texnologiyasi) va 70112401 – Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (kimyoviy texnologiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanadigan magistrlar umumiy o‘rta, O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, oliy ta’lim muassasalarida, Malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida kimyo va mutaxassislik fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, oziq-ovqat texnologiyasi va kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, kafedraning ilmiy – tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirgan holda kafedra salohiyatini oshirish, shu bilan birga institutning dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga qo‘shilishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iborat.
O‘zbek tilida akademik va texnik muloqot va Rus tilida akademik va texnik muloqot fanlari bakalavriatning barcha ta‘lim yo‘nalishlari 1- kurs talabalari uchun majburiy fan sifatida kiritilgan.
(Profissional talim)
yuklanmoqda...