«Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasining
“Yog‘ va moylar texnologiyasi” yo‘nalishi tarixi:
1940-yilda professor M.E.Elgort tavsiyasi bilan Orta Osiyo Davlat Universiteti qoshida «Organik kimyo va yog‘lar texnologiyasi» kafedrasi ochildi va bu kafedra O‘rta Osiyo Sanoat instituti tarkibiga kiritildi. 1946-yilda kafedra «Organik kimyo» va «Yog‘lar texnologiyasi» nomli mustaqil kafedralarga ajratildi. O‘sha yillari kafedraga professor M.I.Niyozov rahbarlik qilgan. Kafedraning birinchi o‘qituvchilari B.T.Zabramniy, D.T.Kats, Z.U.Usmonova va А.S.Magdamovlardan iborat edi.
Kafedraga 1953-1962-yillari akademik А.I.Glyushenkova, 1962-1989-yillari professor А.Аbduraximov mudirlik qilgan. 1989-yildan 1993-yilgacha esa, dotsent Y.Qodirov, 1993-1995-yillarda dotsent P.Ilxamdjonov kafedra mudiri bo‘lgan. Kafedraga 1995-2010-yillarda t.f.d., professor Y.Qodirov, 2010-2016-yillarda dotsent Q.P.Serkaev, 2016-2018-yillarda dotsent U.K.Аbdullayev mudirlik qilgan. 2018-yildan bugungi kunga qadar professor A.T.Ruzibayev mudirlik qilib kelmoqda.
“Don va don mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishi tarixi:
Don tayyorlov Vazirligi talabiga binoan Respublika Oliy o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli Toshkent Politexnika instituti kimyo texnologiya fakultetiga 1975 yil “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligiga talabalar qabul qilindi. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda “Don tayyorlov vazirligi”dan yetakchi mutaxassislar jalb etildi. 1978 yili “Don tayyorlov vazirligi” gidagi texnika boshqarmasining boshlig‘i “Respublikada xizmat ko‘rsatgan injener”, iqtisod fanlari nomzodi P.M.Tursunxo‘jayev “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
1982 yili Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat instituti ochilishi munosabati bilan kafedra Buxoro institutiga ko‘chirildi. Soxada kadrlarning yetishmasligi sababli 1993 yilda yana kafedra Toshkent kimyo – texnologiya institutida ochildi. Kafedra mudiri qilib, “Kimyo sanoati iqtisodiyoti va uni tashkil qilish” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab turgan dots. P.M.Tursunxo‘jayev tayinlanadi.
Kafedraga 1995-1996 yillarda prof. M.Raximjonov, 1996-2004 yillarda dots. N.K.Ayxodjayeva, 2004-2005 yillarda dots. T.T.Mirxoliqov mudirlik qilishdi, 2005 yil sentabr oyida kafedra “Yog‘ va moylar texnologiyasi” kafedrasi bilan birlashib “Yog‘-moy va don maxsulotlari texnologiyasi” nomi berildi va bu kafedraga t.f.d., prof. Y.Q.Qodirov mudir etib tayinlandi. 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab, kafedra “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” deb nomlanib, unda don mahsulotlari texnologiyasi, yog‘-moy mahsulotlari texnologiyasi, qand va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan. 2023 yildan boshlab “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi”deb nomlandi.
Hozirgi kunda kafedrada 6 ta professor, 14 ta dotsent, 7 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent, 5 ta stajyor-o‘qituvchi, tadqiqotchi-izlanuvchilar, laboratoriya mudiri va laborantlar mehnat qilishmoqda.
“Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi o‘zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador usullar asosida olib boradi. Asosiy maqsad esa, o‘z navbatida, oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika sohasida faoliyat yuritayotgan dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari(OTM), ilmiy tadqiqot institutlari(ITI) va ishlab chiqarish korporatsiyalari uchun bakalavr, magistratura, tayanch doktorantura(PhD) va doktorantura(DSc) bosqichlarida kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Kafedraning ilmiy va ilmiy-pedagogik yo‘nalishini rivojlantirishning ustuvor vazifasi sifatida, innovatsion ta’lim va fan texnologiyalari qo‘llanilib, doimiy ravishda yangilanib, kafedrada mavjud ilmiy yo‘nalishlar muntazam rivojlantirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik, yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanib, hozirgi kunda kafedra Respublikamizdagi barcha hududlardagi zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda xorijiy OTM lar bilan ham xamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari malakali muhandis-texnologlar tayyorlash bilan bir qatorda keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan: o'simlik moylarini ishlab chiqarish, yog'larni qayta ishlash, un, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari “Sardoba agro xolding” MCHJ, “Chiqchiq grand” MCHJ, “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ, “TOP OIL” MCHJ, “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy”AJ, “Koson yog‘-ekstraksiya” AJ, “Integral invest” MCHJ QK, “Urgench yog‘-moy” AJ, “Alviero” MChJ, “Yangi-Boysun” XK, “Тoshkent-non” ICHU, “Qadr Don Non Savdo” MChJ non korxonalarida sanoatga tadbiq etilgan.
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
“Yog‘-moy texnologiyasi” yo‘nalishi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘simliklar urug‘laridan moy ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini tadqiqoti.
2. O‘simlik moylarini tozalash va gidrogenlash jarayonlarini tadqiqoti.
3. Paxta chigitini kompleks qayta ishlash va chiqindilardan samarali foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirish.
4. Katalizatorni samarali detoksikasiyalash bilan o'simlik moylarini gidrogenlash jarayonini jadallashtirish.
5. Maxsar kunjarasini ekstraksiyalash va olinadigan moyini rafinatsiyalash texnologiyalarini modernizatsiya qilish.
6. Noanʼanaviy moyli urug‘larni samarali va to‘liq qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish.
7. Yangi turdagi parxezbop margarin mahsulotlariini olish texnologiyasini takomillashtirish.
8. Mahalliy o‘simlik moylaridan foydalanib dietik quyma margarin olish texnologiyasini takomillashtirish.
9. Mahalliy xom ashyolar asosida margarin sanoati uchun emulgatorlar ishlab chiqarishning tadqiqoti.
10. Yog‘ o‘rinbosarlari asosida past kaloriyali emulsiya mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyasi.
11. Yog‘ o‘rinbosarlarini qo‘llab margarin mahsulotlari uchun ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
12. Paxta moyi missellasini rafinatsiyalash jarayonini elektrofizik jadallashtirishning ilmiy-texnikaviy asoslarini takomillashtirish.
13. Funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan parhezli mayonez resepturasini ishlab chiqish.
14. Tabiiy antioksidantlar yordamida yuqori turg‘un margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish.
15. O‘simlik moylarini modifikatsiyalash jarayoni asosida margarin sanoati yog‘larini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
16. Paxta moyini va biologik faol peptidlarni olishda fermentlarni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish.
“Don va don mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishi:
1. Noanʼanaviy xom ashyolar asosida omixta yem mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
2. Maxalliy donlarni va donni qayta ishlash korxona jixozlar parametrlarini texnologik jarayonga taʼsirini tadqiq qilish.
3. Funktsional mo‘ljallangan non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
4. Maxalliy bug‘doy donlariga gidrotermik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish.
5. Maxalliy bug‘doy donlaridan navli un olishda texnologik jarayonni takomillashtirish.
6. Don mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarida meva va sabzavot kukunlari qo'llash texnologiyasini takomillashtirish.
7. Navli un olishda bug‘doy doniga ishlov berishning samarali usulini ishlab chiqish.
8. Paxta chigitini granulyatsiya qilishning samarali usulini tadqiq etish va ishlab chiqish.
9. Noana’naviy va tez tayyorlanadigan makaron ishlab chiqarish texnologiyasini takomillastirish.
10. Kimyo sanoati chikindilari asosida yangi universal sirt-faol modda olish.
11. Mahalliy glyutensiz xomashyolardan non mahsulotlari ishlab сhiqarish texnologiyasini tadqiq qilish.
12. Glyutensiz non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
13. Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
“Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari” yo‘nalishi:
1. Mahalliy yog‘li xom ashyolar asosida namlantiruvchi krem ishlab chiqarish texnologiyasi.
2. Mahalliy yog‘li xom ashyolar asosida efir moylari olish texnologiyasi.
3. Mahalliy yog‘li xom ashyolar asosida olingan efir moylari asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqishning isqtiqbolli yo‘llari.
4. Mahalliy zaytun moylari xom ashyosidan kosmetika ishlab chiqarish texnologiyasi.
5. Zaytun mevasining ikkilamchi mahsulotlaridan biologik faol moddalarni ajratib olish va ularni kosmetik mahsulotlar tarkibida qo‘llash.
6. Mahalliy yog‘li xom ashyolar asosida bolalar kosmetikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
7. Mahalliy yog‘li xom ashyolar asosida dekorativ-kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
8. Sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarish texnologiyasi.
Ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarishda kafedra xodimlari, doktorantlar, magistratura va bakalavr talabalari jalb qilingan.
Kasbiy kompetensiyalar:
- parfyumeriya-kosmetika va oziq-ovqat mahsulotlarini biokimyoviy, mikrobiologik va kimyoviy tahlil qilish;
- mahsulot ishlab chiqarishda inson xavfsizligi va toksikologiya talablariga rioya qilish;
- ishlab chiqarishda gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
- mahsulot ishlab chiqarishda ovqatlanish fiziologiyasi talablarini inobatga olish;
- barcha oziq-ovqat texnologiyalari asoslaridan xabardor bo‘lish;
- parfyumeriya-kosmetika va oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiq qilish usullaridan foydalanish;
- parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari sifatini baholash;
- kasbiy faoliyatda tadbirkorlik texnologiyasi bilimlarini qo‘llash;
- parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari xom ashyosidan samarali foydalanish;
- efir moylari ishlab chiqarish;
- parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish;
- parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini saqlash va qadoqlash;
- nozik organik sintez mahsulotlarining kimyoviy jarayonlaridan foydalanish;
- sirt faol moddalar ishlab chiqarish;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va o‘zlarining professional faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari
1. Monografiyalar:
1. Sh.D.Salijonova, A.T.Ruzibayev, D.P.Rahimov Diabetik margarin retsepti va texnologiyasi. - Toshkent: Poytaxt exclusive nashriyoti. Monografiya, 2022. – 116b.
2. E.Sh.Sanayev Noan’anaviy va tez tayyorlanadigan makaron ishlab chiqarish texnologiyasi. - Toshkent: Fan ziyosi nashriyoti. Monografiya, 2022. – 96b.
3. Sh.S.Gaipova, A.T.Ruzibayev, Sh.D.Salijonova, A.A.Abdurahimov, Z.A.Xakimova Mahalliy xom ashyolar asosida funksional qo`shimchalar bilan boyitilgan yog‘li emulsiya mahsulotlari. - Toshkent: Poytaxt exclusive nashriyoti. Monografiya, 2022. – 116b.
4. A.T.Ruzibayev Katalizatorni samarali detoksiyatlash usullarini qo‘llab yog‘larni gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish. - Monografiya - Toshkent: Poytaxt exclusive nashriyoti, 2022. – 94b.
5. A.T.Рузибоев, С.А.Абдурахимов, С.С.Ачилова Современная технология процесса рафинации саломаса с получением конкурентоспособных маргаринов Монография, Т.: Издательство «Poytaxt exculisive», 2022, -107 с.
6. Д.Д.Мирходжаева, Г.З.Джахангирова, Х.К. Агзамов, К.А. Махмудов Дуккакли дон экинларидан олинган унларни нон-булка маҳсулотлари сифатига таъсирини тадқиқот қилиш. Монография, Т.: Издательство «Navro‘z», 2022, 165 бет.
7. А.Х.Хасанов Разработка технологии применения ферментов при извлечении хлопкового масла и биологически активных пептидов. Монография, Т.: Издательство «Ziyo nashr-matbaa», 2023, 92 бет.
8. Б.Ш.Усмонов, A.T.Рузибоев Качество и безапасность пищевых продуктов Т.: Издательство «Poytaxt exculisive», 2022, -44 с.
2. Patent, foydali model:
1. Artikov Askar Artikovich, Masharipova Zulxumar Atabekovna, Firdavs Orifjon o‘g‘li, Sarbolayev Farruxbek Nabiyevich, Maksudova Aziza lkramdjanovna, Mirkomilov Abduraxmon Mirabbos o‘g‘li // Foydali modelga patent O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi // № FAP 01832 // FAP 2020 0160 // Intellektual — mulk agentligi 17.02.2022.
2. Tuychiyeva Dilrabo Mamirjonovna, Djaxangirova Gulnoza Zinatullayevna, Kimsanboyev Nodirbek Shoirbek o‘g‘li, Yusupov Bekzod Dilmurod o‘g‘li, Yulchiyev Aslbek Baxtiyorbekovich // Foydali modelga patent O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi // № FAP 02077 // FAP 2021 0369 // Intellektual — mulk agentligi 23.09.2022.
3. Baltabayev Ulug‘bek Narbayevich, Baymuhammedov Muhammadali Хаmidullayevich, Miralimova Aziza Isamutdinovna // Ixtiroga patent O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi // № IAP 07106 // IAP 2019 0169 // Intellektual — mulk agentligi 09.09.2022
4. Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizi, Ruzibayev Akbarali Tursunboyevich, Abdurahimov Ahror Anvarovich, Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovna, Xakimova Zulfiyaxon Azizovna // Kunjut kunjarasi qo‘shilgan parhezbop mayonez // Ixtiroga patent O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi // № IAP 78326 // IAP 2023 0041 // Intellektual — mulk agentligi 25.01.2023
5. Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovna, Ruzibayev Akbarali Tursunboyevich, Abdurahimov Ahror Anvarovich, Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizi, Xakimova Zulfiyaxon Azizovna, Xodjayev Sarvar Fahreddinovich, Fayzullayev Asliddin Zuvaydulloyevich // Topinambur tuganagining suvli ekstrakti qo‘shilgan parxezbop margarin // Ixtiroga patent O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi // № IAP 27801 // IAP 2023 0142 // Intellektual — mulk agentligi 03.03.2023
6. G.Z.Djaxangirova, F.N.Sarbolayev, Sh.I.Bekmirzayev // Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri 02.05.2023 y, № DGU 24541 // Ikki komponentli don aralashmalaridan pomol partiya tayyorlashni xisoblash dasturi.
7. G.Z.Djaxangirova, F.N.Sarbolayev, Sh.I.Bekmirzayev // Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri 02.05.2023 y, № DGU 24540 // Uch komponentli don aralashmalaridan pomol partiya tayyorlashni xisoblash dasturi.
8. G.S.Aliyeva, G.Z.Djaxangirova // Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida 28.04.2023 y. № DGU 24420 // Nоn mаhsulоtlаrini bоyitish uchun vitаmin-minerаl аrаlаshmаlаri.
3. Darsliklar:
1. Y.Q.Qodirov, A.T.Ruzibayev, A.A.Abdurahimov. Yog‘larni rafinatsiyalash va katalitik modifikatsiyalash. darslik. – T.: Shafoat Nur Fayz, 2022. – 272 b.
2. A.T.Ruzibayev, Sh.D.Salijonova. Qattiq yogʻlar va yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish texnologiyasi. darslik. - History and Page, T. 2022. - 152 b.
4. O‘quv qo‘llanmalar:
1. A.T.Ruzibayev, A.A.Abdurahimov, A.N.Ahmedov. O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasining maxsus boblari. o‘quv qo‘llanma. – T.: Poytaxt exclusive, 2022. – 292 b.
2. G.Z.Djahangirova, D.X.Maxmudova Pazandachilik texnologiyasi. o‘quv qo‘llanma. – T.: Xalq-nashriyoti, 2022. – 240 b.
3. S.F.Xodjayev, Sh.D.Salijonova, A.Z.Fayzullayev. Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. o‘quv qo‘llanma. – T.: Ziyo-Nashr, 2023. – 112 b.
4. Н.К.Айходжаева Қандолатчилик технологияси. Ўқув қўлланма. “Муҳаррир нашриёти” нашриёт-матбаа бирлашмаси. 2022.- 284 b.
5. Д.X.Махмудова Пазандачилик технологияси. Ўқув қўлланма. “Муҳаррир нашриёти” нашриёт-матбаа бирлашмаси. 2022.- 364 b.
Kafedradagi ilmiy grantlar, xo‘jalik shartnomalari
1. AМ-ФЗ-201908159 – Mahalliy xom ashyolar asosida funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan parhyezli margarin olish texnologiyasini ishlab chiqish.
2. АМ-ФЗ-2019081448 - Mahalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, glyutensiz non-bulka mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona foydalanish.
3. AL-7823051664– Mahalliy xom ashyolar asosida shakar miqdori kamaytirilgan shokoladli pasta ishlab chiqarish.
4. Laboratoriya qurulmalarini ijaraga berish (“CHEMO LAB” MChJ).
5. Laboratoriya qurulmalarini ijaraga berish (“FARMATSIYA-INNOVATSIYA MARKAZI” MChJ).
6. “Mirdjalil Grand Invest” XK da quvvati 30 t/sutka moyli urug’larni qayta ishlab rafinatsiyalanmagan, rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan va qadoqlangan o’simlik moylari ishlab chiqarish texnologik reglamentlarini kelishish va rasmiylashtirish”.
Kafedra doimiy ravishda institut kesimidagi Latviya, Hindiston, Turkiyadagi nufuzli universitetlar bilan tashkillashtirilgan xalqaro konferensiya va seminarlarda, jumladan:
- “Research for rural development 2024”
- “Trends and innovations in food technology (from farm to fork)”
- “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot”
- “Women in STEM-2024”
kabi konferensiyalar va boshqa tashkiliy ishlarda ishtirok etib boradi.
Kafedraning barcha o‘qituvchilari doimiy ravishda malaka oshiradilar. Kafedraning barcha o‘qituvchisi ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi IELTS, CEFR sertifikatlariga ega.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Kafedra bir qator xalqaro tashkilotlar va universitetlar bilan faol hamkorlik qiladi:
- Qozog‘iston oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati ilmiy-tekshirish instituti
- Qozog‘iston texnologiya va biznes universiteti
- Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog'iston davlat universiteti
- O‘sh Texnologiya Universiteti
- Razzoqov nomli Qirg‘iziston Davlat Texnika universtiteti
- Rossiya federatsiyasining buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg Politexnika universiteti
- Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti
- Latviya tabiiy fanlar universiteti
- Debresen universiteti
- Kaunas texnologiya universiteti
- Kopengagen universiteti
- Istanbul Texnika Universiteti
- Istanbul Aydin Universiteti
- Yildiz Texnika Universiteti
Qo'shma ta’lim dasturlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus taʻlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qaroriga ko‘ra TKTI rektorining 2019-yil 12-avgustdagi 734-sonli “Belorusiyaning belorus davlat texnologiya universiteti va Mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Belarus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda TKTI tarkibida “Xalqaro Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘lim”i tashkil etildi.
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti va xorijiy hamkor oliy taʻlim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qo‘shma taʻlim dasturlarida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etildi. Jumladan Belorussiya davlatining Belorussiya davlat texnologiya universiteti (BDTU) bilan 4+1 sirtqi ta’lim shaklida 4 ta taʻlim o‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1+1 talim shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Bakalavriatura bo‘yicha 2+2 kunduzgi ta’lim shakli, 4+1, 3+2 sirtqi ta’lim shakli va magistratura bo‘yicha 1+1 shaklda qoshma ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Bo'lajak muhandis-texnologlarning kelajak sari ilk qadami