«Atrof-muhitni muhofaza qilish va oqova suvlarni tozalash» kafedrasi 1980 yil О‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Axmedov K.S. tashabbusi bilan Toshkent Politexnika Institutining “Kimyo-texnologiyasi” fakulteti qoshida tashkil etilgan. 1980 yildan 1991 yilgacha dots.Abduganiyev B.M. ushbu kafedraga mudirlik qilgan. Kafedrada yuqori malakali о‘qituvchilar va ilmiy xodimlar ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. 1997 yildan boshlab 5850100 «Atrof muhit muhofazasi» yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlanayapti. 1999 yildan boshlab 70710401 “Atrof-muhit muhofazasi” mutaxassisligi bо‘yicha magistrlar qabul qilina boshlandi. 2020 yildan boshlab Phd dotsent Igitov Farrux Baxtiyorovich rahbarlik qilib kelmoqda. 2020 yillar davomida kafedra olimlari jamoasining ilmiy izlanishlari natijasida Oʼzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 5 ta ixtiroga davlat patenti olindi.
Kafedraning o‘quv faoliyati.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonida “Ekologiya” , “Ekologiya va hayot faoliyati havfsizligi”, “Sanoat ekologiyasi” umumta’lim fanlari hamda “Ixtisoslikka kirish” , “Zamonaviy ekologik muammolar”, “Ekologiya asoslari”, “Havo sifati muxandisligi”, “Atrof muhit kimyosi”, “Suv kimyosi”, “Ekologik monitoring”, “Suv resurslari muhandisligi”, “Sanoat tarmoqlarida atrof muhit muhofazasi”, “Ekologik ekspertiza va loyixalash” , “Sanoatda suvning yopiq zanzirli tizimini tashkil qilish”, “Toksikologiya asoslari” kabi mutahassislik fanlaridan bakalavr va magistrlarga ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedra professor-o ‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilanham shug‘ullanadilar. Jumladan 2024-yilda 4ta darslik va 2ta o ‘quv qo ‘llanma chop etilgan:
1. R.A.Nazirova., X.L.Pulatov, F.B.Igitov, A.A.Yuldashev, B.T.Sabirov. “Ekologik monitoring” (2024), 255b.
2. N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva, I.T.Usmanxodjayeva. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” 1-qism (2024). 313b.
3. N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva, I.T.Usmanxodjayeva. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” II-qism (2024). 257b.
4. Pulatov X.L. va boshq. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi. (2024). 15b
5. Adilova K.M.Ifloslangan hududlarni qayta tiklash texnologiyasi. (2024). 144b.
Kafedra tomonidan 2024 yillarda “O‘zsuvta’minot” bilan xo’jalik shartnoma hodimlarini malakasini oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Kafedraning ilmiy faoliyati.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borishga bag‘ishlangan:
- Yangi polikondensatsion anionitlardan foydalangan holda oqova va sanoat suvlarini tozalash
- Mahalliy xom ashyo asosida neft–gaz sanoati mahsulotlarini tozalash uchun kompozitsion materiallar tarkibini yaratish
- Suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi texnologiyalarni yaratish orqali past navli lintlardan paxta tsellulozasini olish
- Angren issiqlik elektrostantsiyasi chiqindilarini utilizatsiya qilish.
-Suvni og’ir metal ionlaridan tozalash maqsqdida sorbent fotokatalizatorlarni olish.
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida bir qator xalqaro va mahalliyy jurnallarda maqolalar chop etilgan:
1. Dilnoza Abdullaeva1* , Anvar Giyasov1 , Olimjon Muratkulov1 , Nodira Rakhmatova1 , Sherzod Mengliev2 , Shokhista Zokirova1 , Dilshod Tursunov2 and Sadritdin Turabdjanov. E3S Web of Conferences 49702037 (2024)https://www.e3s-conferen ces.org/artic les/e3sconf/pdf /2024 /27/e3sconf_icecae2024_02037.pdf
2. Khayrulla Pulatov , Rano Nazirova , Umida Sharipova , Alisher Yuldashev , Aziza Usmonova , Shakhriyor Sattorov and Yorkinjon Ergashev.E3S Web of Conferences 497, 02035 (2024). e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2024/27/e3sconf_icecae2024_02035.pdf
3. Nargiza Lutfullaeva1 , Elmurod Egamberdiev1,* , Yorqinjon Ergashev1 , Umid Alamov1 , Shohida Shamuratova2 , Iroda Usmanxadjaeva2 , Anisakhon Tukhtamushova2 and Bobur Saparov. E3S Web of Conferences 497, 02034 (2024) ICECAE 2024. https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2024/27/e3sconf_icecae2024_02034.pdf
4. Gulchekhra Allaberganova* , Xayrullo Pulatov2 , Isokul Urunov1 , and Amrullo Muzafarov E3S Web of Conferences 417, 01007 (2023). www.e3s-conferen ces.org/articles /e3sconf /pdf/2023/54/e3sconf_geotech2023_01007.pdf
5. D. K. Abdullayeva1*, A. Sh. Giyasov1 , M. A. Ziyayeva1 , U. I. Sharipova1 , N. I. Ibragimov1 , R. E. Choriyev2 , Sh. M. Shamuratova2 , and I. T. Usmonxodjayeva2. E3S Web of Conferences 371, 01002 (2023). https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf /pdf/2023/08 /e3sconf_afe2023_01002.pdf
6. Ramziddin Sayfutdinov1 , Kamila Mirsaidova1* , Shuxrat Mirkamilov2 , Yulduzkhon Gullieva3 , and Iroda Usmankhodzhaeva1. E3S Web of Conferences 401, 04061 (2023). e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/38/e3sconf_conmechydro23_04061.pdf
7. Rakhmatullayeva, N.T., Giyasov, A.S., Lutfullayeva, N.B., Niyazova, M.M., Gapparova, Z.X., Raxmatov, U.N., Mirkomilov, S.M., (2023) E3S Web of Conferences. https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/08/e3sconf_afe2023_01008.pdf
8. U. Mukhitdinov1*, R. Sayfutdinov1 , M. Abdumavliyanova1 , and Sh. Mirkamilov2. E3S Web of Conferences 371, 01018 (2023). https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf /pdf/2023/08/e3sconf_afe2023_01018.pdf
9. Zinovy Novitskiy1* , Abdushukur Khamzaev1 , Nizomiddin Bakirov2 , Guzal Atadjanova1 , Maloxat Abdukadirova3 , and Umida Tasheva3. E3S Web of Conferences 377, 03007 (2023). https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/14/e3sconf_icecae2022_03007.pdf
Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:
- Qozon Federal universiteti, Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti,Tambov Davlat texnika universiteti olimlari bilan halqaro konferentsiyalar, seminar treninglar oʼtkazilmoqda sohaga oid adabiyotlar yaratish boʼyicha hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
- Hozirgi kunda kafedrada sanoat korxonalarida hosil boʼlayotgan chiqindilarni tozalash boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan “ALUTEX” Oʼzbekiston- Britaniya qoʼshma korxonasi (korxonada profillar, profnastil mahsulotlari ishlab chiqariladi) ishlab-chiqarish suvlarini tuzsizlantirish, mahsulotga rang berish jarayonida hosil boʼladigan chiqindilarni tozalash boʼyicha hoʼjalik shartnomasi asosida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari shahar kanalizatsiya suvlarini tozalash stantsiyalarida hosil boʼladigan choʼkmalarni tozalash boʼyicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda.