"Sellyulloza va yogʻochsozlik texnologiyasi” kafedrasi 2004-yil 4-martda Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori buyrugʻi asosida tashkil etilgan. Hozirgi mustaqil Oʻzbekistonning iqtisodiyot rivojlanishida tayyorlanayotgan yosh kadrlarning ahamiyati juda katta
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston sharoitida sanoatlaridagi dolzarb muammolarni ilmiy asoslar bilan bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, ular asosan mahalliy xom-ashyolar asosida yangi innovatsion texnologiyalar bilan ushbu sanoatlardan tashqari hozirgi kunda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan qurilish sohasida ko‘p funksiyali yangi turdagi sellyuloza-qog‘oz va yog‘och kompozitsion materiallar ishlab chiqarish hamda sellyuloza-qog‘oz va mebel-yog‘ochsozlik materiallari xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
30.07.2023